https://oz.sputniknews.uz/20251215/vatican-elchi-rim-papa-ishonch-yorliq-54186843.html
Vatikanda O‘zbekiston elchisi Rim papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Vatikanda O‘zbekiston elchisi Rim papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Vatikanning Havoriylar saroyida O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Rim Papasi Lev XIVga ishonch yorliqlarini topshirdi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi.
2025-12-15T18:31+0500
2025-12-15T18:31+0500
2025-12-15T18:36+0500
diplomatik munosabatlar
rim papasi
siyosat
elchi
vatikan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0f/54186670_0:0:717:404_1920x0_80_0_0_6f9bf892d4868c12017d7b8701857581.jpg
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Vatikanning Havoriylar saroyida O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov Rim papasi Lev XIV ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Marosim chog‘ida elchi O‘zbekiston prezidenti nomidan Rim papasiga samimiy salom va ezgu tilaklarni yetkazdi.Rim papasi Lev XIV, o‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti va xalqiga chuqur hurmat-ehtiromini izhor etib, O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 33-yil to‘lganini qayd etdi. Shuningdek, Rim papasi Samarqandning Sharq va G‘arbni bog‘lagan falsafiy va diniy tafakkur markazi sifatidagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi hamda O‘zbekistonning dinlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ilgari surish borasidagi xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini alohida qayd etdi.Ma’lumot uchun, Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi hamda o‘rindoshlik asosida Andorradagi elchisi hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251009/uzbekistan-elchi-iroq-prezident-yorliq-52577975.html
vatikan
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0f/54186670_38:0:685:485_1920x0_80_0_0_9e971f94b5623d972e2bc7ba6c9a25b8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston vatikan, rim papasi lev xiv, farrux tursunov, ishonch yorliqlari, vatikan havoriylar saroyi, o‘zbekiston elchisi, diplomatik munosabatlar, samarqand, dinlararo totuvlik
o‘zbekiston vatikan, rim papasi lev xiv, farrux tursunov, ishonch yorliqlari, vatikan havoriylar saroyi, o‘zbekiston elchisi, diplomatik munosabatlar, samarqand, dinlararo totuvlik
Vatikanda O‘zbekiston elchisi Rim papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:31 15.12.2025 (yangilandi: 18:36 15.12.2025) Uchrashuv yakunida Rim papasi Lev XIV o‘zbek xalqining gullab-yashnashi uchun ibodat qilishini ta’kidlab, O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi do‘stlik yanada mustahkamlanishini tiladi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Vatikanning Havoriylar saroyida O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov Rim papasi Lev XIV ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
Marosim chog‘ida elchi O‘zbekiston prezidenti nomidan Rim papasiga samimiy salom va ezgu tilaklarni yetkazdi.
Rim papasi Lev XIV, o‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti va xalqiga chuqur hurmat-ehtiromini izhor etib, O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 33-yil to‘lganini qayd etdi.
U ushbu davr mobaynida turli millat va din vakillari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik shakllanganini ta’kidladi.
Shuningdek, Rim papasi Samarqandning Sharq va G‘arbni bog‘lagan falsafiy va diniy tafakkur markazi sifatidagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi hamda O‘zbekistonning dinlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ilgari surish borasidagi xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini alohida qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi hamda o‘rindoshlik asosida Andorradagi elchisi hisoblanadi.