Biz Portugaliyadan qo‘rqmaymiz, o‘z strategiyamiz bor — Kannavaro

© UFA - Federatsiya futbola UzbekistanaOfitsialnaya press-konferensiya s uchastiyem Fabio Kannavaro i Eldora Shomurodova
Ofitsialnaya press-konferensiya s uchastiyem Fabio Kannavaro i Eldora Shomurodova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy jamoasi Portugaliyaga qarshi bahs oldidan ishonch bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kannavaro raqib kuchini tan olgan holda, jamoa o‘z rejasiga ega ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va jamoa sardori Eldor Shomurodov Portugaliyaga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bo‘lajak bahs haqida fikr bildirdi.
Shomurodovning ta’kidlashicha, jamoa ertagi o‘yinga bosimsiz va yaxshi natija qayd etish maqsadida chiqadi.
Kannavaro esa Portugaliyani jahon chempionatidagi eng kuchli jamoalardan biri deb atadi. U raqib tarkibida yuqori saviyali qanot futbolchilari, kuchli yarim himoyachilar va futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri borligini qayd etdi.

"Bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Lekin biz jahon chempionatidamiz va ijobiy natijaga erishish uchun jamoa sifatida harakat qilishimiz kerak", — dedi Kannavaro.

Uning so‘zlariga ko‘ra, murabbiylar shtabi Portugaliyaning o‘yin uslubini chuqur tahlil qilgan va uchrashuv uchun maxsus reja tayyorlagan.

"O‘z rejamiz va strategiyamiz bor. Biz juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynayotganimizni bilamiz, ammo biz bundan qo‘rqmaymiz", — dedi bosh murabbiy.

Kannavaro Portugaliya faqat Krishtianu Ronaldudan iborat emasligini ta’kidlab, raqib tarkibida ko‘plab yuqori saviyali futbolchilar borligini qayd etdi. Shu bilan birga, u Ronalduni bir lahza ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini aytdi.
Shomurodov Kolumbiyaga qarshi bahsning birinchi bo‘limida jamoa murabbiy ko‘rsatmalarini to‘liq bajara olmaganini tan oldi. Uning ta’kidlashicha, Portugaliyaga qarshi o‘yinda bunday xatolarni takrorlamaslikka harakat qilinadi.
Bosh murabbiyning ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratildi va jamoa o‘yinga yaxshi holatda yetib kelgan.
"Masala ko‘p yugurishda emas, to‘g‘ri yugurishda. To‘pni yo‘qotmaslik va uni qayerda qaytarib olishni bilish muhim", — dedi Kannavaro.
Shomurodov esa jamoada yaxshi muhit shakllanganini ta’kidlab, futbolchilar maydonda yagona maqsad — ijobiy natija uchun harakat qilishini bildirdi.
Natsionalnaya sbornaya Uzbekistana po futbolu prodoljayet podgotovku k matchu protiv Portugalii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2026
"Biz o‘zimizga ishonishimiz kerak" — sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzayev
Yangiliklar lentasi
0