Rossiya qarzi bor xorijiy yuk mashinalarining harakatini cheklaydi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishSkoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy
Skoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya 1-sentabrdan xorijiy tashuvchilar uchun nazoratni kuchaytiradi. Jarima yoki pulli yo‘llar bo‘yicha qarzi bor transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiya hududida xorijiy avtomobil tashuvchilari faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-sentabrdan Rossiyaga kirayotgan xorijiy avtotransport vositalari bo‘yicha jarimalar, "Platon" davlat tizimi hamda pulli avtomobil yo‘llaridan foydalanish bilan bog‘liq qarzdorliklar avtomatlashtirilgan tartibda tekshiriladi.
Aniqlangan qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilmaguniga qadar transport vositalarining Rossiya hududida harakatlanishiga ruxsat berilmaydi. Yangi tartib tranzit yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi xorijiy tashuvchilarga ham tatbiq etiladi.
Shu munosabat bilan vazirlik O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro tashuvchilarga Rossiyaga kirishdan oldin mavjud jarimalar va qarzdorliklarni tekshirib, ularni to‘liq bartaraf etishni tavsiya qildi.
Shuningdek, RIA Novosti tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 30-iyundan boshlab Rossiyaga vizasiz rejimda kiradigan professional haydovchilar ruID mobil ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Bunda haydovchilar safar maqsadi va shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda Rossiyaga kirishdan kamida 72 soat oldin ariza yuborishlari lozim. Ayrim favqulodda holatlarda buni chegarani kesib o‘tishdan kamida to‘rt soat oldin amalga oshirish mumkin.
Dalnoboyshik yedet po avtomobilnoy trasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2026
O‘zbekistonlik haydovchilarning Rossiyada bo‘lish muddati uzaytirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0