https://oz.sputniknews.uz/20260429/uzbekistan-haydovchilar-russia-bolish-57206156.html
O‘zbekistonlik haydovchilarning Rossiyada bo‘lish muddati uzaytirilmoqda
O‘zbekistonlik haydovchilarning Rossiyada bo‘lish muddati uzaytirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati MDH davlatlari va Gruziyadan kelgan professional haydovchilarning mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini 180 kungacha oshirishga qaror qildi. Yangi tartib 30-iyundan kuchga kiradi.
2026-04-29T10:18+0500
2026-04-29T10:18+0500
2026-04-29T13:02+0500
o‘zbekiston
mdh
avtomobil
haydovchilar
rossiya
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/400/54/4005409_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_25f62592aabc167082ff80d549cbcfdd.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiruvchi MDH davlatlari va Gruziyadan kelgan professional haydovchilar uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 180 kungacha oshiradi.Tegishli qarorni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzoladi. Hujjat 30-iyundan kuchga kiradi.Bu qoida xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiradigan va Rossiyaga viza talab etilmaydigan tartibda kirgan haydovchilarga taalluqli.Hujjatda ushbu imkoniyat belgilangan tartibda Rossiyaga kirish va mamlakatda bo‘lish yoki yashash maqsadida ariza bergan haydovchilarga tatbiq etilishi qayd etilgan.Amaldagi umumiy tartibga ko‘ra, Rossiyaga vizasiz kirgan xorijiy fuqarolar mamlakatda bir kalendar yil davomida jami 90 sutkagacha bo‘lishi mumkin. Yangi qaror esa aynan xalqaro tashuvlar bilan shug‘ullanuvchi professional haydovchilar uchun ushbu muddatni ikki baravar oshiradi.Bu o‘zgarish Rossiya yo‘nalishida qatnaydigan xalqaro tashuvchilar, jumladan, MDH davlatlaridan boruvchi haydovchilar uchun muhim yengillik bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260408/eaeu-yuk-tashuvchi-ruxsatnoma-engillashish-56781980.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/400/54/4005409_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_a76dae74e793090c7d230e819b7ae1c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, mdh, avtomobil, haydovchilar, rossiya, migratsiya
o‘zbekiston, mdh, avtomobil, haydovchilar, rossiya, migratsiya
O‘zbekistonlik haydovchilarning Rossiyada bo‘lish muddati uzaytirilmoqda
10:18 29.04.2026 (yangilandi: 13:02 29.04.2026) Rossiya MDH davlatlari va Gruziyadan kelgan xalqaro tashuv haydovchilari uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 180 kungacha oshiradi. Bu tartib o‘zbekistonlik professional haydovchilarga ham taalluqli.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiruvchi MDH davlatlari va Gruziyadan kelgan professional haydovchilar uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 180 kungacha oshiradi.
Tegishli qarorni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzoladi. Hujjat 30-iyundan kuchga kiradi.
Yangi tartibga ko‘ra, MDH davlatlari fuqarolari, shuningdek, Gruziya fuqarolari bo‘lgan professional haydovchilar Rossiyada bir kalendar yil davomida jami 180 sutkagacha bo‘lishi mumkin.
Bu qoida xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiradigan va Rossiyaga viza talab etilmaydigan tartibda kirgan haydovchilarga taalluqli.
Hujjatda ushbu imkoniyat belgilangan tartibda Rossiyaga kirish va mamlakatda bo‘lish yoki yashash maqsadida ariza bergan haydovchilarga tatbiq etilishi qayd etilgan.
Amaldagi umumiy tartibga ko‘ra, Rossiyaga vizasiz kirgan xorijiy fuqarolar mamlakatda bir kalendar yil davomida jami 90 sutkagacha bo‘lishi mumkin. Yangi qaror esa aynan xalqaro tashuvlar bilan shug‘ullanuvchi professional haydovchilar uchun ushbu muddatni ikki baravar oshiradi.
Bu o‘zgarish Rossiya yo‘nalishida qatnaydigan xalqaro tashuvchilar, jumladan, MDH davlatlaridan boruvchi haydovchilar uchun muhim yengillik bo‘ladi.