https://oz.sputniknews.uz/20260624/kyiv-front-jarayonlar-58570212.html
Peskov: Kiyev uchun frontda “ortga qaytmas jarayonlar” boshlanadi
Peskov: Kiyev uchun frontda “ortga qaytmas jarayonlar” boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Peskov “Primakov o‘qishlari” forumi doirasida Ukrainadagi vaziyat, Kiyev bilan muzokaralar istiqboli, AQSh vakillari Stiv Uitkoff hamda Jared Kushnerning sa’y-harakatlari haqida fikr bildirdi.
2026-06-24T19:19+0500
2026-06-24T19:19+0500
2026-06-24T19:19+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dmitriy peskov
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/07/51795518_0:133:3170:1916_1920x0_80_0_0_98bb94fddc8ee26576423c4f837d6f28.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Frontdagi vaziyat Kiyev uchun yomonlashib bormoqda, Rossiya qo‘shinlari esa butun front chizig‘i bo‘ylab oldinga siljimoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.Peskov bu fikrlarni “Primakov o‘qishlari” xalqaro ilmiy-ekspert forumi doirasida jurnalistlar bilan suhbatda bildirgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lum bir vaqtda Kiyev uchun “ortga qaytmas jarayonlar” boshlanadi.Peskov Kiyev tomoni fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga zarbalar berish orqali qarshilik ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi. Uning aytishicha, bunday holatlarni kamaytirish zarur va bu bilan Rossiya harbiylari hamda tegishli idoralar shug‘ullanmoqda.Kreml vakili, shuningdek, Ukraina tomoni harakatlari bilan bog‘liq holatlar hujjatlashtirilayotganini aytdi.Peskov AQSh vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Ukraina bo‘yicha sa’y-harakatlariga ham to‘xtaldi.Kiyev bilan muzokaralar ehtimoli haqida gapirar ekan, Peskov ayni paytda hech qanday yangi kelishuv yo‘qligini bildirdi.Uning ta’kidlashicha, Moskva muzokaralarga tayyorligini saqlab qolmoqda.Kreml vakiliga ko‘ra, Rossiya prezidenti o‘z pozitsiyasining asosiy parametrlarini avvalroq Tashqi ishlar vazirligidagi chiqishda bayon qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260623/russia-tiv-rahbar-ukraine-mojaro-bayonotlar-58546912.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/07/51795518_220:0:2951:2048_1920x0_80_0_0_db6ebd30772f7dbeca0907742245f840.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dmitriy peskov, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
dmitriy peskov, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
Peskov: Kiyev uchun frontda “ortga qaytmas jarayonlar” boshlanadi
Dmitriy Peskov Ukrainadagi vaziyat, frontdagi jarayonlar, Kiyev bilan muzokaralar va AQSh vakillarining sa’y-harakatlari yuzasidan bayonot berdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Frontdagi vaziyat Kiyev uchun yomonlashib bormoqda, Rossiya qo‘shinlari esa butun front chizig‘i bo‘ylab oldinga siljimoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov
ma’lum qildi.
Peskov bu fikrlarni “Primakov o‘qishlari” xalqaro ilmiy-ekspert forumi doirasida jurnalistlar bilan suhbatda bildirgan.
“Frontlardagi vaziyat shundayki, Kiyev rejimi uchun u kundan-kunga yomonlashmoqda. Dinamika aniq. Harbiylarimiz butun front bo‘ylab harakat qilmoqda”, — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lum bir vaqtda Kiyev uchun “ortga qaytmas jarayonlar” boshlanadi.
Peskov Kiyev tomoni fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga zarbalar berish orqali qarshilik ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi. Uning aytishicha, bunday holatlarni kamaytirish zarur va bu bilan Rossiya harbiylari hamda tegishli idoralar shug‘ullanmoqda.
Kreml vakili, shuningdek, Ukraina tomoni harakatlari bilan bog‘liq holatlar hujjatlashtirilayotganini aytdi.
“Jinoyatlar aniq, ular hujjatlashtiriladi, arxivlanadi va bularning barchasi kun tartibida. Buni hech kim unutmaydi. Har bir narsaning o‘z vaqti bor”, — dedi u.
Peskov AQSh vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Ukraina bo‘yicha sa’y-harakatlariga ham to‘xtaldi.
Janob Uitkoff va janob Kushnerdan ularning sa’y-harakatlari uchun minnatdormiz va ularni samarali deb hisoblaymiz. Ular barcha tomonlarni tinglashga tayyor. Hozirgi sharoitda buning ahamiyati katta”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Kiyev bilan muzokaralar ehtimoli haqida gapirar ekan, Peskov ayni paytda hech qanday yangi kelishuv yo‘qligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Moskva muzokaralarga tayyorligini saqlab qolmoqda.
“Yo‘q, hech qanday kelishuv yo‘q. Bu Rossiya prezidentining izchil pozitsiyasi. U bu haqda doimo gapiradi”, — dedi Peskov.
Kreml vakiliga ko‘ra, Rossiya prezidenti o‘z pozitsiyasining asosiy parametrlarini avvalroq Tashqi ishlar vazirligidagi chiqishda bayon qilgan.