https://oz.sputniknews.uz/20260623/russia-tiv-rahbar-ukraine-mojaro-bayonotlar-58546912.html
Rossiya TIV rahbari Ukraina mojarosi bo‘yicha yangi bayonotlar berdi
Rossiya TIV rahbari Ukraina mojarosi bo‘yicha yangi bayonotlar berdi
Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov Moskva muzokaralarni istalgan vaqtda davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, u G‘arb davlatlarini mojaroni cho‘zishga urinishda ayblab, Rossiya o‘z maqsad va vazifalaridan voz kechmasligini ta’kidladi
2026-06-23T17:18+0500
2026-06-23T17:18+0500
2026-06-23T17:21+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
sergey lavrov
rossiya tiv
yevropa ittifoqi
ukraina
g‘arb
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/17/49014442_0:215:3072:1943_1920x0_80_0_0_16e192280abd2655eb89628499f90027.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari jang maydonida pozitsiyalarini yo‘qotayotgan bir paytda Yevropa davlatlari Kiyevni qurol va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RF TIV Diplomatik akademiyasida bo‘lib o‘tgan 12-elchilar davra suhbatida ta’kidladi.Lavrovning boshqa bayonotlari:Lavrov Rossiyaning asosiy talablari sifatida rus tili va kanonik pravoslavlikka nisbatan cheklovlarni bekor qilish, Qrim, Donbass va Novorossiya bo‘yicha "yangi geosiyosiy voqelik"ni tan olish hamda Ukrainaning neytral, bloklardan xoli va yadrosiz maqomini ta’minlashni sanab o‘tdi.Shuningdek, vazir ikki oy avval xorijiy diplomatik vakolatxonalar va kompaniyalarga Kiyevdan evakuatsiya qilish bo‘yicha berilgan tavsiya hali ham amal qilishini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260619/lavrov-rossiya-58445668.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/17/49014442_239:0:2970:2048_1920x0_80_0_0_3e0842ab211c878bd21f3aedac82856d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, sergey lavrov, rossiya tiv, yevropa ittifoqi, ukraina, g‘arb, aqsh, rossiya
dunyo yangiliklari, sergey lavrov, rossiya tiv, yevropa ittifoqi, ukraina, g‘arb, aqsh, rossiya
Rossiya TIV rahbari Ukraina mojarosi bo‘yicha yangi bayonotlar berdi
17:18 23.06.2026 (yangilandi: 17:21 23.06.2026) Sergey Lavrov Ukraina bo‘yicha muzokaralar, G‘arbning roli, Rossiya shartlari va Kiyevdan evakuatsiya qilish bo‘yicha tavsiya haqida bayonotlar berdi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari jang maydonida pozitsiyalarini yo‘qotayotgan bir paytda Yevropa davlatlari Kiyevni qurol va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RF TIV Diplomatik akademiyasida bo‘lib o‘tgan 12-elchilar davra suhbatida
ta’kidladi.
Lavrovning boshqa bayonotlari:
Bugungi kunda Britaniya ham, Yevropa Ittifoqi davlatlari ham natsist Kiyev rejimini qurol va pul bilan ta’minlashni davom ettirmoqda, uning ochiq terrorchilik harakatlariga yo‘l bermoqda;
Biz ularni muzokaralar to‘xtagan nuqtadan istalgan vaqtda davom ettirishga tayyormiz;
Yevropa muzokaralar formati haqida o‘ylashi va bir nechta imkoniyatlarni taklif qilishi kerak, ammo Yevropadan kim muzokarachi bo‘lishini Kiyevning o‘zi belgilaydi;
AQSh, harakatlariga qaraganda, xolis vositachi roliga da’vo qilishdan voz kechmoqda va Rossiyaga qarshi sanksiya bosimini kuchaytirish yo‘lidan bormoqda;
Ular (G‘arb davlatlari - tahr.) Rossiyaning hujumini to‘xtatish uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga erishishni, vaqtdan yutishni va Kiyev rejimini zamonaviy qurollarning yangi partiyalari bilan ta’minlashni xohlaydi;
Agar biz Bryussel, Parij, London va Berlindan eshitayotgan bayonotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilsak, Moskvadan taslim bo‘lishni talab qilishmoqda;
Maxsus harbiy operatsiyaning maqsad va vazifalari bajariladi.
Lavrov Rossiyaning asosiy talablari sifatida rus tili va kanonik pravoslavlikka nisbatan cheklovlarni bekor qilish, Qrim, Donbass va Novorossiya bo‘yicha "yangi geosiyosiy voqelik"ni tan olish hamda Ukrainaning neytral, bloklardan xoli va yadrosiz maqomini ta’minlashni sanab o‘tdi.
Shuningdek, vazir ikki oy avval xorijiy diplomatik vakolatxonalar va kompaniyalarga Kiyevdan evakuatsiya qilish bo‘yicha berilgan tavsiya hali ham amal qilishini bildirdi.
"Kiyevdan evakuatsiya qilish bo‘yicha tavsiya o‘z kuchida qoladi", — dedi Lavrov.