https://oz.sputniknews.uz/20260622/sadir-japarov-abdulla-aripov-muhokama-58520211.html
Sadir Japarov va Abdulla Aripov ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi
Sadir Japarov va Abdulla Aripov ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyorligini tasdiqladi.
2026-06-22T17:58+0500
2026-06-22T17:58+0500
2026-06-22T17:58+0500
iqtisod
qirg‘iziston
o‘zbekiston
siyosat
hamkorlik
abdulla aripov
sadir japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/16/58518313_0:124:1280:845_1920x0_80_0_0_d6b6e44b88c53e0c23b1b53fc9575240.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Sadir Japarov O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.Tomonlar uchrashuv yakunida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilishlarini tasdiqladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260515/mirziyoev-57599310.html
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/16/58518313_0:0:1148:860_1920x0_80_0_0_06b1d3dc72e74aa3386a20e627a14aa8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, qirg‘iziston, o‘zbekiston, siyosat, hamkorlik, abdulla aripov, sadir japarov
iqtisod, qirg‘iziston, o‘zbekiston, siyosat, hamkorlik, abdulla aripov, sadir japarov
Sadir Japarov va Abdulla Aripov ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi.
Sadir Japarov O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Abdulla Aripov esa ikki davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar uchrashuv yakunida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilishlarini tasdiqladi.