Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

“Sputnik”da TXIF-2026 yakunlari va YeOIIning loyihalari muhokama qilindi — video

Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari, yangi investitsiya loyihalari va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollari xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “TXIF-2026: yangi investitsiya loyihalari va YeOII mamlakatlari hamkorligining istiqbollari” mavzusida Moskva — Toshkent — Minsk — Ostona videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar:
Moskvadan — Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi rektori Vittoriya Idrisova;
Toshkentdan — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakili, Butunjahon erkin savdo zonalari tashkiloti (WFZO) direktorlar kengashi a’zosi Habib Abdullayev;
Minskdan — Belarus davlat texnologiya universiteti professori Irina Novikova;
Ostonadan — Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi vakili.
Videoko‘prik qatnashchilari Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari, investitsiyalarni jalb qilish istiqbollari, transport va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, shuningdek, o‘zgaruvchan jahon iqtisodiyoti sharoitida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bo‘lib o‘tgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari rahbarlari hamda dunyoning qariyb 100 ta mamlakatidan 3,4 mingdan ortiq delegat ishtirok etdi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumida nimalar namoyish etildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
Toshkent xalqaro investitsiya forumida nimalar namoyish etildi — video
Yangiliklar lentasi
0