Toshkent xalqaro investitsiya forumida nimalar namoyish etildi — video

Obuna bo‘lish
SAEx ko‘rgazma markazida neft-kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, qurilish materiallari, farmatsevtika va oziq-ovqat sohalaridagi loyihalar interaktiv formatda namoyish etildi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Toshkentda 16-18 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan 5-Xalqaro investitsiya forumi yakunlandi.
Bu yil u noyob interaktiv formatda bo‘lib o‘tdi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini aniq investitsiya loyihalari, texnologik yechimlar va kelajakdagi o‘sish yo‘nalishlari orqali namoyish etdi.
Ko‘rgazma mehmonlari O‘zbekistonning neft-kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, qurilish materiallari, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida amalga oshirilayotgan yutuqlari va loyihalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston Konchilik va geologiya vazirligi mamlakatning mineral-xom ashyo bazasi va resurslarini taqdim etdi. Layt-panellari respublikaning mineral-xom ashyolarga boyligini va oltin, mis va uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘nta mamlakat qatoriga kirishini ko‘rsatdi.
Interaktiv displeylarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiyuron, O‘zmetkombinat, O‘zbekko‘mir va boshqa yirik O‘zbekiston korxonalari faoliyati haqida ham ma’lumotlar berildi. Tashrif buyuruvchilar shuningdek, respublikaning 2017-yildan beri erishgan o‘sish tendensiyalarini kuzatishlari va 2030-yilga kelib ushbu sohada erishish rejalari bilan tanishishlari mumkin edi.

Ko‘rgazma haqida batafsil Sputnik muxbiri videolavhasida tanishing.
Yangiliklar lentasi
0