"Kam Air" Toshkent va Kobul o‘rtasidagi reyslar sonini oshiradi

© UnsplashSamolet v nebe
Samolet v nebe  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2026
Obuna bo‘lish
Kobul — Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar soni haftasiga uchtaga yetkaziladi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. 2026 yil 2-iyuldan boshlab "Kam Air" aviakompaniyasi Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Kobul — Toshkent — Kobul yo‘nalishidagi reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi. Kompaniya bu qaror yo‘lovchilar uchun safarlarni rejalashtirishda qo‘shimcha qulaylik va moslashuvchanlik yaratishini ta’kidlagan.
Yangi jadvalga ko‘ra, RQ-9097 reysi Kobuldan soat 09:15 da jo‘nab, Toshkentga 11:30 da yetib keladi. Qaytish reysi — RQ-9098 Toshkentdan 12:50 da uchib, Kobulga 14:05 da qo‘nadi. Parvoz vaqti taxminan 1 soat 45 daqiqani tashkil etadi.
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, reyslar sonining ko‘paytirilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, biznes va sayyohlik maqsadida safar qiluvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali onlayn xarid qilish yoki sotuv nuqtalarida rasmiylashtirish mumkin.
V 2026 godu nachnetsya krupnaya rekonstruksiya pogranichnogo tamojennogo posta Ayritom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2026
Afg‘oniston chegarasida transport oqimi bu yil 1,3 barobar oshishi mumkin — Bojxona qo‘mitasi
Yangiliklar lentasi
0