Afg‘oniston chegarasida transport oqimi bu yil 1,3 barobar oshishi mumkin — Bojxona qo‘mitasi

© Tamojenniy komitetV 2026 godu nachnetsya krupnaya rekonstruksiya pogranichnogo tamojennogo posta "Ayritom"
V 2026 godu nachnetsya krupnaya rekonstruksiya pogranichnogo tamojennogo posta Ayritom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2026
Obuna bo‘lish
2026 yilda Ayritom chegara bojxona postida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlanadi. O‘tkazuvchanlik oshirilib, avtotransport va yuk mashinalari uchun yangi infratuzilma barpo etiladi
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. 2026 yilda “Ayritom” chegara bojxona postida keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari boshlanadi. Hozirda dastlabki loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu rejalarni amalga oshirish jarayonini joyida o‘rganish maqsadida Bojxona qo‘mitasi raisi A. Mavlonov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, “Ayritom” chegara bojxona postidagi ishlar holatini ko‘zdan kechirdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur post orqali harakatlangan avtotransport vositalari oqimi so‘nggi to‘rt yilda ikki barobarga oshib, 2025-yilda 216 mingtaga yetgan. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 275 mingtaga yetishi kutilmoqda.
Shuningdek, postga tutash hududda “Ayritom” savdo majmuasi barpo etilgani sabab 2025-yilda bojxona posti orqali 1,1 milliondan ortiq jismoniy shaxs harakatlangan. Joriy yilda bu raqam 1,2 millionga yetishi prognoz qilinmoqda.
Rekonstruksiya jarayonida avtotransport vositalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish uchun yopiq ayvonlar qurilmoqda. Natijada bir vaqtning o‘zida 12 ta avtotransport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi (hozirda bu ko‘rsatkich 4 tani tashkil etadi).
Bundan tashqari, Afg‘onistondan kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan yuk avtotransportlari uchun har bir yo‘nalishda bir vaqtning o‘zida 200 ta yuk mashinasini sig‘dira oladigan kutish zonalari barpo etiladi.
Ministr po tamojennomu sotrudnichestvu YeEK i predsedatel Tamojennogo komiteta Uzbekistana proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeIK: O‘zbekiston YeOII yagona tranzit tizimiga qo‘shilish ishlarini boshlashga tayyor
Yangiliklar lentasi
0