https://oz.sputniknews.uz/20260515/mirziyoev-57599310.html
Mirziyoyev Qozog‘istonda Qirg‘iziston va Turkiya rahbarlari bilan uchrashdi
Mirziyoyev Qozog‘istonda Qirg‘iziston va Turkiya rahbarlari bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. 15.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-15T16:11+0500
2026-05-15T16:11+0500
2026-05-15T17:03+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
qozog‘iston
turkiya
qirg‘iziston
sadir japarov
rejep tayyip erdog‘an
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0f/57596625_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_88a2f292ca03e8ef363ad08a5f2eae79.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Samimiy muloqotda O‘zbekiston – Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.Ta’kidlanishicha, O‘zaro savdo hajmi jadal o‘sib, sanoat, qishloq, suv xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini jadallashtirish choralari muhokama qilindi.Shuningdek, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvda oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlar ijrosi yuzasidan faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, vazirlik va idoralar o‘rtasida yangicha tizim yaratilgani natijasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari samarali rivojlanayotgani qayd etildi.Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarning soni jadal o‘sib bormoqda. Turk kompaniyalari ishtirokida salmoqli loyihalar portfeli shakllantirilib, ishlar izchil amalga oshirilyapti.O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
https://oz.sputniknews.uz/20260515/mirziyoev-toqaev-masjid-57592988.html
qozog‘iston
turkiya
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0f/57596625_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1659fda8cbc0f5ad590b0a0280a4bfa2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, qozog‘iston, turkiya, qirg‘iziston, sadir japarov, rejep tayyip erdog‘an
siyosat, shavkat mirziyoyev, qozog‘iston, turkiya, qirg‘iziston, sadir japarov, rejep tayyip erdog‘an
Mirziyoyev Qozog‘istonda Qirg‘iziston va Turkiya rahbarlari bilan uchrashdi
16:11 15.05.2026 (yangilandi: 17:03 15.05.2026) Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi. Samimiy muloqotda O‘zbekiston – Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zaro savdo hajmi jadal o‘sib, sanoat, qishloq, suv xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini jadallashtirish choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan
uchrashuvda oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlar ijrosi yuzasidan faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, vazirlik va idoralar o‘rtasida yangicha tizim yaratilgani natijasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari samarali rivojlanayotgani qayd etildi.
Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarning soni jadal o‘sib bormoqda. Turk kompaniyalari ishtirokida salmoqli loyihalar portfeli shakllantirilib, ishlar izchil amalga oshirilyapti.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.