Ismoilov Belarusga o‘zbek jangchilari xotirasini asrayotgani uchun minnatdorlik bildirdi
Ismoilov Belarusga o‘zbek jangchilari xotirasini asrayotgani uchun minnatdorlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Forumda Nuriddin Ismoilov Brest qal’asi xalqlarning umumiy xavf-xatar qarshisida bir tanu bir jon bo‘lib kurashganining ramzi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u “Kazbek” filmi Belarus tomoniga taqdim etilishini ma’lum qildi
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari xotirasini asrab-avaylab kelayotgani uchun Belarus xalqi va hukumatiga minnatdor. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Brest shahrida bo‘lib o‘tgan “Buyuk meros — umumiy kelajak” xalqaro forumida ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, o‘zbekistonliklar Belorussiyani ozod qilish uchun janglarda faol ishtirok etgan bo‘lib, ularning 30 nafardan ortig‘i Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.Spiker shu munosabat bilan Belarus tomoniga o‘zbekistonlik jangchilarga bag‘ishlangan memoriallar va xotira maskanlarini asrab kelayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.Shuningdek, u 9-may kuni Toshkentda partizan va Sovet Ittifoqi Qahramoni Mamadali Topvoldiyev haqidagi “Kazbek” filmining premyerasi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
Nuriddin Ismoilov Brestdagi xalqaro forumda Belarus xalqi va hukumatiga o‘zbekistonlik jangchilar xotirasini asrab kelayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari xotirasini asrab-avaylab kelayotgani uchun Belarus xalqi va hukumatiga minnatdor. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Brest shahrida bo‘lib o‘tgan “Buyuk meros — umumiy kelajak” xalqaro forumida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, o‘zbekistonliklar Belorussiyani ozod qilish uchun janglarda faol ishtirok etgan bo‘lib, ularning 30 nafardan ortig‘i Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.
“Brest qal’asi yodgorlik lavhalariga yonma-yon o‘yib yozilgan mudofaachilar ismlari umumiy xavf-xatar qarshisida xalqlar bir tanu bir jon bo‘lib kurashganidan dalolat beradi”, — dedi Ismoilov.
Spiker shu munosabat bilan Belarus tomoniga o‘zbekistonlik jangchilarga bag‘ishlangan memoriallar va xotira maskanlarini asrab kelayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, u 9-may kuni Toshkentda partizan va Sovet Ittifoqi Qahramoni Mamadali Topvoldiyev haqidagi “Kazbek” filmining premyerasi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
“Bugun ushbu filmni Belarus tomoniga va forum ishtirokchilariga taqdim etamiz”, — dedi Ismoilov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fashizmga qarshi janglarda o‘sha paytda 6,8 million nafar aholi yashagan O‘zbekistondan qariyb 2 million kishi ishtirok etgan. Ularning 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda vafot etgan, 60 mingdan ziyod frontdan nogiron bo‘lib qaytgan.
Urush yillarida O‘zbekiston front hududlaridan evakuatsiya qilingan 1,5 million insonni, jumladan, 250 ming nafar yetim bolani qabul qilib, ularga boshpana va g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan.
Shuningdek, respublikaga 170 tadan ortiq zavod va fabrika ko‘chirib keltirilgan.