https://oz.sputniknews.uz/20260505/andijon-qahramon-xotirlanish-57329917.html
Minskda o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramoni G‘ulom Yoqubov xotirasi yodga olindi
Minskda o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramoni G‘ulom Yoqubov xotirasi yodga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Minsk shahrida andijonlik Sovet Ittifoqi Qahramoni G‘ulom Yoqubov xotirasi yodga olindi. U 1944-yilda Belarusni ozod qilish janglarida 20 soat davomida dushman hujumlarini qaytarib, halok bo‘lgan.
2026-05-05T11:29+0500
2026-05-05T11:29+0500
2026-05-05T11:37+0500
ulug‘ vatan urushi
ikkinchi jahon urushi
qahramon
belarus
o‘zbekiston
xotira
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/05/57328875_0:219:1200:894_1920x0_80_0_0_61a20589692007375b72c221741b5de6.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Minsk shahrida andijonlik Sovet Ittifoqi Qahramoni G‘ulom Yoqubov xotirasi yodga olindi. U 1944-yilda Belarusni ozod qilish janglarida 20 soat davomida dushman hujumlarini qaytarib, halok bo‘lgan.Xotira tadbiri uning nomi bilan ataluvchi 36-maktabda o‘tkazildi. Maktab ham qahramon nomi berilgan ko‘chada joylashgan.G‘ulom Yoqubov 1915-yilda Andijon viloyatining Mirzaobod qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1944-yil yozida 556-o‘qchi polkning avtomatchilar rotasiga qo‘mondonlik qilgan va Belarusni ozod qilish janglarida qatnashgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, 1944-yil 24-iyunga o‘tar kechasi kapitan Yoqubov rotasi Mogilov viloyatidagi Ludchitsi qishlog‘i yaqinida dushman mudofaasini yorib o‘tgan. Asosiy kuchlar boshqa yo‘nalishdan harakat qilishi uchun uning bo‘linmasi egallangan marrani ushlab turgan.Unga 1945-yil 24-martda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni vafotidan keyin berilgan. Uning nomi Minsk, Asaka va Bixovdagi ko‘chalarga berilgan, Asakadagi 25-maktab va Minskdagi 36-maktab ham G‘ulom Yoqubov nomi bilan ataladi.O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov xotira tadbirida o‘zbek xalqi G‘alabaga katta hissa qo‘shganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ulug‘ Vatan urushi frontlarida qariyb 2 milion o‘zbekistonlik jang qilgan, 32 nafar o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.Shuningdek, urush yillarida O‘zbekiston front ortida ham muhim markazga aylangan. Respublikaga taxminan 1,5 million kishi evakuatsiya qilingan, ular orasida 200 mingga yaqin bola bo‘lgan.Tadbir yakunida ishtirokchilar G‘ulom Yoqubov xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik lavhasi poyiga gul qo‘ydi.
https://oz.sputniknews.uz/20220904/minskdagi-gulom-yoqubov-nomidagi-maktabga-ozbek-adiblari-kitoblari-taqdim-etildi-27764304.html
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/05/57328875_0:67:1200:967_1920x0_80_0_0_5afb7460d477713d55d5ff53b6ba8e71.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ulug‘ vatan urushi, ikkinchi jahon urushi, qahramon, belarus, o‘zbekiston, xotira
ulug‘ vatan urushi, ikkinchi jahon urushi, qahramon, belarus, o‘zbekiston, xotira
Minskda o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramoni G‘ulom Yoqubov xotirasi yodga olindi
11:29 05.05.2026 (yangilandi: 11:37 05.05.2026) U 1944-yilda 20 soat dushman hujumlarini qaytargan.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Minsk shahrida andijonlik Sovet Ittifoqi Qahramoni G‘ulom Yoqubov xotirasi
yodga olindi. U 1944-yilda Belarusni ozod qilish janglarida 20 soat davomida dushman hujumlarini qaytarib, halok bo‘lgan.
Xotira tadbiri uning nomi bilan ataluvchi 36-maktabda o‘tkazildi. Maktab ham qahramon nomi berilgan ko‘chada joylashgan.
G‘ulom Yoqubov 1915-yilda Andijon viloyatining Mirzaobod qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1944-yil yozida 556-o‘qchi polkning avtomatchilar rotasiga qo‘mondonlik qilgan va Belarusni ozod qilish janglarida qatnashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1944-yil 24-iyunga o‘tar kechasi kapitan Yoqubov rotasi Mogilov viloyatidagi Ludchitsi qishlog‘i yaqinida dushman mudofaasini yorib o‘tgan. Asosiy kuchlar boshqa yo‘nalishdan harakat qilishi uchun uning bo‘linmasi egallangan marrani ushlab turgan.
Rota boshqa bo‘linmalardan ajralib qolganidan keyin G‘ulom Yoqubov mudofaani tashkil etgan. 20 soatlik jang davomida uning rotasi 40 dan ortiq qarshi hujumni qaytargan va egallangan marrani qo‘ldan bermagan. Shu jangda G‘ulom Yoqubov halok bo‘lgan.
Unga 1945-yil 24-martda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni vafotidan keyin berilgan. Uning nomi Minsk, Asaka va Bixovdagi ko‘chalarga berilgan, Asakadagi 25-maktab va Minskdagi 36-maktab ham G‘ulom Yoqubov nomi bilan ataladi.
O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov xotira tadbirida o‘zbek xalqi G‘alabaga katta hissa qo‘shganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ulug‘ Vatan urushi frontlarida qariyb 2 milion o‘zbekistonlik jang qilgan, 32 nafar o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.
Shuningdek, urush yillarida O‘zbekiston front ortida ham muhim markazga aylangan. Respublikaga taxminan 1,5 million kishi evakuatsiya qilingan, ular orasida 200 mingga yaqin bola bo‘lgan.
Tadbir yakunida ishtirokchilar G‘ulom Yoqubov xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik lavhasi poyiga gul qo‘ydi.