Ozarbayjon elchisi Guseyn Guliyev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal Chrezvichaynogo i Polnomochnogo posla Azerbaydjan Respubliki Guseyna Guliyeva
Shavkat Mirziyoyev prinyal Chrezvichaynogo i Polnomochnogo posla Azerbaydjan Respubliki Guseyna Guliyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2026
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev elchining ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi alohida qayd etdi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjon elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda elchining ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi alohida qayd etildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi bir necha barobar oshdi. Ozarbayjon sarmoyasi ishtirokida 280 ta korxona tashkil etildi, Qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyat boshladi.
Shuningdek, geologiya, qishloq xo‘jaligi, transport, shaharsozlik, to‘qimachilik va farmatsevtika sohalarida qator kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv yakunida prezident Guseyn Guliyevga ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Mehnat shuhrati” ordenini topshirdi.
Elchi mamlakat rahbariga diplomatik missiyasi faoliyatiga berilgan yuksak baho va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Sostoyalas vstrecha ministrov oboroni Uzbekistana i Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
O‘zbekiston va Ozarbayjon terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamjihatlikni kuchaytiradi
Yangiliklar lentasi
0