O‘zbekiston va Ozarbayjon terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamjihatlikni kuchaytiradi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSostoyalas vstrecha ministrov oboroni Uzbekistana i Azerbaydjana
Sostoyalas vstrecha ministrov oboroni Uzbekistana i Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
Obuna bo‘lish
Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirishni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuhamedov Ozarbayjon mudofaa vaziri Zakir Hasanov bilan Samarqand shahrida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Ozarbayjon mudofaa vaziri Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan birgalikda “Kattaqo‘rg‘on” poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarboyjon va Qirg‘iziston mudofaa vazirliklari bo‘linmalari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Birlik – 2025” mintaqaviy o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatadi.
V Samarkande sostoyalas vstrecha ministrov oboroni stran Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Samarqandda markaziy osiyolik hamkasblari bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0