https://oz.sputniknews.uz/20250511/rossiya-vetnam-eoii-asean-hamkorlik-49313417.html
Rossiya va Vyetnam YeOII va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi
Rossiya va Vyetnam YeOII va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya-Vyetnam munosabatlarining yangi bosqichdagi hamkorlik yo‘nalishlari ma’lum qilindi. 11.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-11T17:16+0500
2025-05-11T17:16+0500
2025-05-12T10:52+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
asean
rossiya
vyetnam
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45808820_0:70:1352:830_1920x0_80_0_0_f67f3dd4222c746ca8acd43cd9632d06.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya va Vyetnam Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Kreml saytida e’lon qilingan tegishli hujjatda nazarda tutilgan.Rossiya-Vyetnam munosabatlarining yangi bosqichdagi har tomonlama strategik sheriklikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya e’lon qilindi.Tomonlar, shuningdek, Rossiya va ASEAN o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va chuqurlashtirish, keng qamrovli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan, AKT, terrorizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash, fan va texnologiya, ta’lim, kadrlar tayyorlash va inson resurslari sohasida hamkorlikni rivojlantiradi.Qolaversa, Rossiya va Vyetnam 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Rossiya-ASEAN strategik sherikligini amalga oshirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasini amalga oshirishni tezlashtirish va qisqa vaqt ichida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan shunga o‘xshash hujjatni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib oldi.“Rossiya Federatsiyasi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining (ASEAN) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mintaqaviy arxitekturasida markaziy rolini qo‘llab-quvvatlaydi... Rossiya va Vyetnam ASEANga yo‘naltirilgan hamkorlik mexanizmlarida faol va konstruktiv ishtirok etib, ishni muvofiqlashtiradi”, — deyiladi hujjat matnida.
https://oz.sputniknews.uz/20250507/qirgiziston-ozbekiston-eoii-sariyog-eksport-49231762.html
vyetnam
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45808820_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_42dc640eebbf9586b54f4c9f632a2cf8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, asean, rossiya, vyetnam, hamkorlik
yeoii, asean, rossiya, vyetnam, hamkorlik
Rossiya va Vyetnam YeOII va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi
17:16 11.05.2025 (yangilandi: 10:52 12.05.2025) Rossiya-Vyetnam munosabatlarining yangi bosqichdagi hamkorlik yo‘nalishlari ma’lum qilindi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya va Vyetnam Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Kreml saytida e’lon qilingan tegishli hujjatda
nazarda tutilgan. Rossiya-Vyetnam munosabatlarining yangi bosqichdagi har tomonlama strategik sheriklikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya e’lon qilindi.
“Tomonlar mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish va mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha tashabbuslarni, jumladan, Katta Yevroosiyo hamkorligi loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, ASEAN va YeOII o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik salohiyatini o‘rganish ASEAN, YeOII va Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni oshirishga xizmat qiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Tomonlar, shuningdek, Rossiya va ASEAN o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va chuqurlashtirish, keng qamrovli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan, AKT, terrorizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash, fan va texnologiya, ta’lim, kadrlar tayyorlash va inson resurslari sohasida hamkorlikni rivojlantiradi.
Qolaversa, Rossiya va Vyetnam 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Rossiya-ASEAN strategik sherikligini amalga oshirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasini amalga oshirishni tezlashtirish va qisqa vaqt ichida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan shunga o‘xshash hujjatni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib oldi.
“Rossiya Federatsiyasi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining (ASEAN) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mintaqaviy arxitekturasida markaziy rolini qo‘llab-quvvatlaydi... Rossiya va Vyetnam ASEANga yo‘naltirilgan hamkorlik mexanizmlarida faol va konstruktiv ishtirok etib, ishni muvofiqlashtiradi”, — deyiladi hujjat matnida.