https://oz.sputniknews.uz/20260619/zaxarova-markaziy-osiyo-58448522.html
“Suverenitetni hurmat qilishga asoslangan”: Zaxarova Markaziy Osiyo bilan hamkorlik haqida
“Suverenitetni hurmat qilishga asoslangan”: Zaxarova Markaziy Osiyo bilan hamkorlik haqida
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya o‘zaro manfaatli va siyosiylashtirilmagan hamkorlikni rivojlantirishdan, jumladan, O‘zbekiston bilan nodir metallarni qazib olish, qayta ishlash loyihalaridan... 19.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-19T13:29+0500
2026-06-19T13:29+0500
2026-06-19T13:29+0500
siyosat
mariya zaxarova
markaziy osiyo
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/13/58448578_0:43:3487:2004_1920x0_80_0_0_10803e7c3ea2adca86dc6cd91b5dd2d6.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Rossiya Markaziy Osiyoni noyob va boshqa muhim xomashyo sohasida katta salohiyatga ega bo‘lgan strategik muhim mintaqa deb biladi. Faqat kichik bir lekini bor: Rossiya ushbu mintaqadagi mamlakatlarni suveren, mustaqil deb biladi va ularni aynan shu sifatda hurmat qiladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yondashuvi sheriklarning suverenitetini hurmat qilish, iqtisodiy manfaatlarni adolatli taqsimlash istagiga asoslangan. E’tibor qayta ishlashni mahalliylashtirish, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, kadrlar tayyorlash va sanoat mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan.Rossiya TIV vakili mintaqa davlatlari nafaqat ishlab chiqilayotgan, balki G‘arb tomonidan majburlab o‘tkazilayotgan neokolonializm doktrinasi kontekstida faqat xomashyo yetkazib beruvchi bo‘lib qolmasligi kerakligini qayd etdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/13/58448578_379:0:3110:2048_1920x0_80_0_0_0dc6cab8fbf659383635b1b988ee95e7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, mariya zaxarova, markaziy osiyo, o‘zbekiston
siyosat, mariya zaxarova, markaziy osiyo, o‘zbekiston
“Suverenitetni hurmat qilishga asoslangan”: Zaxarova Markaziy Osiyo bilan hamkorlik haqida
Rossiya o‘zaro manfaatli va siyosiylashtirilmagan hamkorlikni rivojlantirishdan, jumladan, O‘zbekiston bilan nodir metallarni qazib olish, qayta ishlash loyihalaridan manfaatdor.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Rossiya Markaziy Osiyoni noyob va boshqa muhim xomashyo sohasida katta salohiyatga ega bo‘lgan strategik muhim mintaqa deb biladi. Faqat kichik bir lekini bor: Rossiya ushbu mintaqadagi mamlakatlarni suveren, mustaqil deb biladi va ularni aynan shu sifatda hurmat qiladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Mahalliy resurslardan, birinchi navbatda, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan foydalanish uchun global raqobat kuchayib borayotgan bir paytda, Rossiya Federatsiyasi o‘zaro manfaatli va siyosiylashtirilmagan hamkorlikni rivojlantirishdan, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan geologiya-qidiruv, nodir metallarni qazib olish, qayta ishlash, shuningdek, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini yaratishdan manfaatdor. Rossiya tomoni tegishli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur kompetensiya, kasbiy tajriba, ko‘nikmalar, texnologiyalarga ega”, - dedi Zaxarova brifing davomida Sputnik O‘zbekiston muxbiri savoliga javob berayotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yondashuvi sheriklarning suverenitetini hurmat qilish, iqtisodiy manfaatlarni adolatli taqsimlash istagiga asoslangan. E’tibor qayta ishlashni mahalliylashtirish, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, kadrlar tayyorlash va sanoat mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan.
Rossiya TIV vakili mintaqa davlatlari nafaqat ishlab chiqilayotgan, balki G‘arb tomonidan majburlab o‘tkazilayotgan neokolonializm doktrinasi kontekstida faqat xomashyo yetkazib beruvchi bo‘lib qolmasligi kerakligini qayd etdi.