TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. ShHTga a’zo davlatlar energetika konsorsiumini tashkil etish etishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Bishkek shahridagi ShHT mamlakatlari energetika vazirlarining yig‘ilishida konsorsiumini tashkil etish konsepsiyasi loyihasi taqdim etildi.Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Tanszin shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT davlat rahbarlari kengashi sammitida ilgari surilgan energetika konsorsiumini tashkil etish tashabbusini alohida ta’kidladi.Ta’kidlanishicha, konsorsium qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirish, energetik xavfsizlikni mustahkamlash va sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ochiq hamda amaliy mexanizmga aylanishi kutilmoqda.Muhokamalar yakunida mazkur hujjatni birgalikda ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Bundan tashqari, Qirg‘iziston Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar uchun energiya samaradorligi va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.Ishtirokchilar mintaqaning gidroyenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, energetik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror energetik rivojlanishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Bu tashabbusni Shavkat Mirziyoyev ShHT davlat rahbarlari kengashi sammitida ilgari surgandi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. ShHTga a’zo davlatlar energetika konsorsiumini tashkil etish etishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bishkek shahridagi ShHT mamlakatlari energetika vazirlarining yig‘ilishida konsorsiumini tashkil etish konsepsiyasi loyihasi taqdim etildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Tanszin shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT davlat rahbarlari kengashi sammitida ilgari surilgan energetika konsorsiumini tashkil etish tashabbusini alohida ta’kidladi.
Ta’kidlanishicha, konsorsium qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirish, energetik xavfsizlikni mustahkamlash va sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ochiq hamda amaliy mexanizmga aylanishi kutilmoqda.
Muhokamalar yakunida mazkur hujjatni birgalikda ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar uchun energiya samaradorligi va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.
Ishtirokchilar mintaqaning gidroyenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, energetik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror energetik rivojlanishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.