https://oz.sputniknews.uz/20260619/raqobat-qomitasi-58446692.html
Raqobat qo‘mitasi 8 ta tibbiyot markaziga narxlarni arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Raqobat qo‘mitasi 8 ta tibbiyot markaziga narxlarni arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi 8 ta respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazida tibbiy xizmatlar tariflari noto‘g‘ri shakllantirilganini aniqladi. Idora ushbu muassasalarga narxlarni qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
2026-06-19T11:21+0500
2026-06-19T11:21+0500
2026-06-19T11:21+0500
jamiyat
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/13/45748214_0:78:1324:823_1920x0_80_0_0_5ab7238478c55ffa4cc625b99870935d.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi tomonidan 8 ta respublika va hududiy ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, aprelda boshlangan tekshiruvlar doirasida mayga qadar quyidagi 8 ta yirik tibbiyot markazida o‘rganishlar o‘tkazilgan:Dastlabki natijalarga ko‘ra, ayrim holatlarda tariflarni shakllantirish bo‘yicha belgilangan talablarga to‘liq rioya etilmagani aniqlangan.Shuningdek, o‘rganishlar yakuni bo‘yicha tibbiy xizmatlar tariflarini maqbullashtirishga qaratilgan umumlashtirilgan takliflar ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlariga yuboriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260408/uy-joy-qurilish-56771549.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/13/45748214_62:0:1262:900_1920x0_80_0_0_889300b2f7087ceacc3a4e29567efaaa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , tibbiyot muassasi
jamiyat, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , tibbiyot muassasi
Raqobat qo‘mitasi 8 ta tibbiyot markaziga narxlarni arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Tibbiyot markazlarida tibbiy xizmatlar tariflari noto‘g‘ri shakllantirilgani aniqlangan.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi tomonidan 8 ta respublika va hududiy ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, aprelda boshlangan tekshiruvlar doirasida mayga qadar quyidagi 8 ta yirik tibbiyot markazida o‘rganishlar o‘tkazilgan:
Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
Ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, ayrim holatlarda tariflarni shakllantirish bo‘yicha belgilangan talablarga to‘liq rioya etilmagani aniqlangan.
“Shu munosabat bilan o‘rganish o‘tkazilgan markazlarga tariflarni amaldagi tartib va talablar asosida qayta shakllantirish hamda narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, o‘rganishlar yakuni bo‘yicha tibbiy xizmatlar tariflarini maqbullashtirishga qaratilgan umumlashtirilgan takliflar ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlariga yuboriladi.