O‘zbekiston–Iroq ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi

© Press-slujba Torgovo-promishlennoy palati Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, kengash tadbirkorlik hamkorligini muntazam va tizimli ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston–Iroq ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi va uning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishga O‘zbekiston tomonidan SSP raisi Davron Vahabov, mamlakatning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov, Iroq tomonidan esa savdo vaziri Mustafo Nazar Jumaa hamda Iroq Iqtisodiy kengashi prezidenti Ibrohim Madlul Ovadi Mas’udiy boshchilik qildi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati tahlil qilindi hamda investitsiya, savdo va sanoatning elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari kabi ustuvor tarmoqlarda aloqalarni kengaytirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama etildi.
Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qo‘shma loyihalarni ishga tushirish hamda xususiy sektorlar o‘rtasidagi bevosita ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, yig‘ilish davomida O‘zbekiston SSP va Iroq Iqtisodiy kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanib, uning doirasida O‘zbekiston–Iroq ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi. Shuningdek, Tadbir doirasida B2B formatida ishbilarmonlik uchrashuvlari tbo‘lib o‘tdi.

SSP xabariga ko‘ra, O‘zbekiston–Iroq ishbilarmonlik kengashining ta’sis etilishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklik uchun yangi institutsional asos yaratib, tadbirkorlik hamkorligini muntazam va tizimli ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.