O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuvni olqishladi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevFasad zdaniya s nad pisem MID Uzbekistana
Fasad zdaniya s nad pisem MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ushbu voqeani mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik yo‘lidagi muhim diplomatik yutuq sifatida baholadi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron o‘rtasida urushni tugatishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangani yuzasidan bayonot berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolanganini hozirgi murakkab xalqaro sharoitda keskinlikni yumshatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklash yo‘lidagi muhim diplomatik yutuq sifatida olqishlaydi”, - deyilgan bayonotda.
O‘zbekiston AQSh va Eron rahbariyatining hal qiluvchi pallada ko‘rsatgan siyosiy irodasi va uzoqni ko‘ra bilishini alohida e’tirof etgan va erishilgan kelishuv xalqaro hamjamiyat uzoq vaqtdan buyon kutgan tinchlik yo‘lidagi barqaror yechim uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonch bildirgan.
Shuningdek, TIV bu muhim o‘zaro anglashuvga erishish uchun zarur sharoitlarni shakllantirishga hissa qo‘shgan Pokiston va Qatarning katta hissasini hamda Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va boshqa mintaqaviy hamkorlarning sa’y-harakatlarini yuqori baholagan.
“O‘zbekiston muzokaralarning keyingi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi va erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilishiga umid qiladi. Nizo va qarama-qarshiliklarni xalqaro huquq tamoyillari, o‘zaro hurmat va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda diplomatik vositalar orqali hal etish tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sharti bo‘lib qolishiga ishonamiz”, - deyilgan TIV bayonotida.
Pokistonda Eron-AQSh muzokaralari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
Yangiliklar lentasi
0