https://oz.sputniknews.uz/20260619/mdh-58453266.html
MDH bosh shtab rahbarlari xavfsizlik va harbiy hamkorlikni muhokama qildi
MDH bosh shtab rahbarlari xavfsizlik va harbiy hamkorlikni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ular dunyo va Hamdo‘stlik chegaralaridagi harbiy-siyosiy vaziyatni tahlil qilib, zamonaviy xavfsizlik chaqiriqlari va tahdidlariga baho berdi. 19.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-19T15:38+0500
2026-06-19T15:38+0500
2026-06-19T15:38+0500
jamiyat
mdh
ostona
harbiy hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/13/58452181_0:41:800:491_1920x0_80_0_0_2bf39dbd7e5be2864f4eccf6166f41c1.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qildi va harbiy sohada ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.Unda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Qurolli kuchlari Bosh shtab boshliqlari ishtirok etdi.Yig‘ilish davomida ishtirokchilar harbiy-siyosiy vaziyat, mintaqaviy va Yevroosiyo xavfsizligi, harbiy hamkorlik to‘g‘risida fikr almashdi.Ular dunyo va Hamdo‘stlik chegaralaridagi harbiy-siyosiy vaziyatni tahlil qilib, zamonaviy xavfsizlik chaqiriqlari va tahdidlariga baho berdi. Mintaqaviy barqarorlik va milliy xavfsizlik masalalariga, mudofaa va harbiy hamkorlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.Qo‘shma harbiy tizimlar doirasida ko‘p tomonlama harbiy hamkorlikni amaliy rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli vazifalari muhokama qilindi.Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha milliy va umumiy manfaatlarni hisobga olgan holda harbiy sohada ko‘p tomonlama hamkorlik tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan qarorlar imzolandi.Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari Vatanni tarixning turli davrlarida, jumladan, Ulug‘ Vatan urushi yillarida himoya qilgan qahramonlarga bag‘ishlangan “Vatan himoyachilari” monumentiga gullar qo‘yishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260609/mdh-xavfsizlik-58225578.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/13/58452181_46:0:755:532_1920x0_80_0_0_0827b11816d2af080d6784ad481af01d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mdh, ostona, harbiy hamkorlik
jamiyat, mdh, ostona, harbiy hamkorlik
MDH bosh shtab rahbarlari xavfsizlik va harbiy hamkorlikni muhokama qildi
Ular dunyo va Hamdo‘stlik chegaralaridagi harbiy-siyosiy vaziyatni tahlil qilib, zamonaviy xavfsizlik chaqiriqlari va tahdidlariga baho berdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qildi va harbiy sohada ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Unda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Qurolli kuchlari Bosh shtab boshliqlari ishtirok etdi.
“Yig‘ilish ishtirokchilari dunyodagi va Hamdo‘stlik makonidagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qildi, MDH doirasidagi harbiy hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, bosh shtablar yo‘nalishi bo‘yicha keyingi amaliy hamkorlikka e’tibor qaratgan holda uning rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqdi”, - deyilgan xabarda.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar harbiy-siyosiy vaziyat, mintaqaviy va Yevroosiyo xavfsizligi, harbiy hamkorlik to‘g‘risida fikr almashdi.
Ular dunyo va Hamdo‘stlik chegaralaridagi harbiy-siyosiy vaziyatni tahlil qilib, zamonaviy xavfsizlik chaqiriqlari va tahdidlariga baho berdi. Mintaqaviy barqarorlik va milliy xavfsizlik masalalariga, mudofaa va harbiy hamkorlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Qo‘shma harbiy tizimlar doirasida ko‘p tomonlama harbiy hamkorlikni amaliy rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli vazifalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha milliy va umumiy manfaatlarni hisobga olgan holda harbiy sohada ko‘p tomonlama hamkorlik tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan qarorlar imzolandi.
Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari Vatanni tarixning turli davrlarida, jumladan, Ulug‘ Vatan urushi yillarida himoya qilgan qahramonlarga bag‘ishlangan “Vatan himoyachilari” monumentiga gullar qo‘yishdi.