https://oz.sputniknews.uz/20260618/rossiya-asean-mamlakatlariga-oziq-ovqat-va-energiya-etkazib-berishda-davom-etadi--putin-58437878.html
Rossiya ASEAN mamlakatlariga oziq-ovqat va energiya yetkazib berishda davom etadi — Putin
Rossiya ASEAN mamlakatlariga oziq-ovqat va energiya yetkazib berishda davom etadi — Putin
Sputnik O‘zbekiston
ASEAN sammtida Putin va Filippin prezidenti Ferdinand Markos ishtirokchilardan savdo hajmini sifat jihatidan va miqdor jihatdan oshirishga chaqirdilar. 18.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-18T17:53+0500
2026-06-18T17:53+0500
2026-06-18T17:54+0500
rossiya
vladimir putin
asean
qozon
sammit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/12/58438201_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_02a406f880fa2ce4f3b46f82ebf3aaf0.jpg
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Vladimir Putin Qozonda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-ASEAN sammitida nutq so‘zladi. O‘z nutqida Rossiya prezidenti ASEAN davlatlariga oziq-ovqat, energiya tashuvchilari, o‘g‘it va dori darmonlarni muntazam yetkazib berishga tayyorligini bildirdi. "Moskva, o‘z navbatida, o‘g‘itlar va dori-darmonlarni o‘z ichiga olgan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportini ko‘paytirishga tayyor. Shu maqsadda transkontinental dengiz va temir yo‘l yuk tashish doimiy ravishda kengayib bormoqda va yangi yo‘nalishlar yaratilmoqda."Bunga erishish uchun tijorat bitimlarida moliyaviy hisob-kitoblar uchun milliy valyutalarga o‘tish, qolgan savdo to‘siqlarini bartaraf etish va ma’muriy protseduralarni soddalashtirish muhimdir", deya qo‘shimcha qildi u.Bundan tashqari, Rossiyaning yetakchi IT kompaniyalari ASEAN hamkasblari bilan, jumladan, sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or ishlanmalar bilan o‘rtoqlashmoqda. Shuningdek, mamlakatlar kiberxavfsizlik va aloqa tizimlari sohasida hamkorlikni birgalikda rivojlantirishda davom etadilar.17-18 iyun kunlari Qozon shahrida Rossiya-ASEAN sammiti bo‘lib o‘tmoqda. U yerda Vladimir Putin va assotsiatsiyaga a’zo davlatlar rahbarlari 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik bo‘yicha keng qamrovli harakatlar rejasini qabul qilishdi. Hujjatda siyosat, xavfsizlik, savdo, investitsiya, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, fan, texnologiya va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlar belgilangan.Tadbirning o‘zi juma kuni yakunlanadi. U assotsiatsiyaning Moskva bilan o‘zaro aloqalarining 35-yilligiga bag‘ishlangan. ASEAN - 1967-yilda tashkil etilgan tashkilot bo‘lib u 11 mamlakatni o‘z ichiga oladi: Bruney, Sharqiy Timor, Vetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Manma, Singapur, Tailand va Filippin.
qozon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/12/58438201_86:0:2817:2048_1920x0_80_0_0_3105415c0aac1d912b0a63e67661fa8e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin, asean, qozon, sammit
rossiya, vladimir putin, asean, qozon, sammit
Rossiya ASEAN mamlakatlariga oziq-ovqat va energiya yetkazib berishda davom etadi — Putin
17:53 18.06.2026 (yangilandi: 17:54 18.06.2026) ASEAN sammtida Putin va Filippin prezidenti Ferdinand Markos ishtirokchilardan savdo hajmini sifat jihatidan va miqdor jihatdan oshirishga chaqirdilar.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Vladimir Putin Qozonda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-ASEAN sammitida nutq so‘zladi.
O‘z nutqida Rossiya prezidenti ASEAN davlatlariga oziq-ovqat, energiya tashuvchilari, o‘g‘it va dori darmonlarni muntazam yetkazib berishga tayyorligini bildirdi.
"Moskva, o‘z navbatida, o‘g‘itlar va dori-darmonlarni o‘z ichiga olgan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportini ko‘paytirishga tayyor. Shu maqsadda transkontinental dengiz va temir yo‘l yuk tashish doimiy ravishda kengayib bormoqda va yangi yo‘nalishlar yaratilmoqda.
Shu bilan birga, albatta, biz osiyolik do‘stlarimizni juda zarur oziq-ovqat va energiya bilan ta’minlashda davom etamiz", - deb ta’kidladi davlat rahbari.
"Bunga erishish uchun tijorat bitimlarida moliyaviy hisob-kitoblar uchun milliy valyutalarga o‘tish, qolgan savdo to‘siqlarini bartaraf etish va ma’muriy protseduralarni soddalashtirish muhimdir", deya qo‘shimcha qildi u.
Bundan tashqari, Rossiyaning yetakchi IT kompaniyalari ASEAN hamkasblari bilan, jumladan, sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or ishlanmalar bilan o‘rtoqlashmoqda. Shuningdek, mamlakatlar kiberxavfsizlik va aloqa tizimlari sohasida hamkorlikni birgalikda rivojlantirishda davom etadilar.
17-18 iyun kunlari Qozon shahrida Rossiya-ASEAN sammiti bo‘lib o‘tmoqda. U yerda Vladimir Putin va assotsiatsiyaga a’zo davlatlar rahbarlari 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik bo‘yicha keng qamrovli harakatlar rejasini qabul qilishdi. Hujjatda siyosat, xavfsizlik, savdo, investitsiya, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, fan, texnologiya va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlar belgilangan.
Tadbirning o‘zi juma kuni yakunlanadi. U assotsiatsiyaning Moskva bilan o‘zaro aloqalarining 35-yilligiga bag‘ishlangan.
ASEAN - 1967-yilda tashkil etilgan tashkilot bo‘lib u 11 mamlakatni o‘z ichiga oladi: Bruney, Sharqiy Timor, Vetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Manma, Singapur, Tailand va Filippin.