https://oz.sputniknews.uz/20260610/tog-kon-sanoati-58234919.html
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalar joriy etiladi
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalar joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Natijada geologik ma’lumotlarni shakllantirish, konlarni modellash va zaxiralarni hisoblash jarayoni 2 karra tezlashadi. 10.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-10T09:24+0500
2026-06-10T09:24+0500
2026-06-10T09:24+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tog‘-kon va geologiya vazirligi
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0a/58234756_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_e97c270c9b6fdaf4591911e077976f14.jpg
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.Ta’kidlanishicha, mamlakat iqtisodiyotida tog‘-kon sanoati va geologiya tarmog‘i muhim o‘rin tutadi. 2025-yilda jami sanoat mahsulotining 20 foizi ushbu soha korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ularning budjetga tushumlari 118,5 trillion so‘mni tashkil etdi.Kelgusi besh yilda oltin zaxirasini qo‘shimcha 879 tonnaga, kumushni 510 tonnaga, misni 676 ming tonnaga oshirish bo‘yicha ishlar boshlanganPrezident buning uchun sohada texnologik transformatsiyani yangi bosqichga olib chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini sun’iy intellekt yordamida boshqarish va tahlil qilish tizimini shakllantirish zarurligini ta’kidladi.Tog‘-kon sanoati va geologiyada xaritalar, qidiruv natijalari, burg‘ilash ma’lumotlari, laboratoriya tahlillari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kabi juda katta hajmdagi ma’lumotlar shakllanadi. Ularni yagona elektron bazaga jamlash, tezkor qidirish va 3D modellar orqali tahlil qilish yangi konlarni aniqlash imkoniyatini oshiradi.Buning natijasida tannarxni 10 foizga kamaytirish, yangi konlarni ochish muddatini 2 karra qisqartirish, investorlarga taqdim etiladigan takliflar sonini 4 barobar oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.Taqdimotda 2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilish maqsad qilingani ta’kidlandi. Buning uchun, avvalo, investorlar talab qilayotgan sifatli va ishonchli raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish zarur.Shu munosabat bilan Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish taklif qilindi. Mazkur jarayonda “Texnologik transformatsiya markazi” tashkil etilib, mavjud 36 mingdan ortiq hisobotlar va birlamchi ma’lumotlar raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi. Natijada geologik ma’lumotlarni shakllantirish, konlarni modellash va zaxiralarni hisoblash jarayoni 2 karra tezlashadi.2026-2030 yillarda geologiya sohasida hamda 6 ta yirik korxona – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Navoiyuran”, “O‘zmetkombinat”, “O‘zbekko‘mir” hamda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati”da sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jami 44 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260505/uzbekistan-turkey-konchilik-qiymat-zanjir-shakllanishi-57335078.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0a/58234756_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_3ce464ec1a9c45267f3c600e230a3433.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, tog‘-kon va geologiya vazirligi, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt
jamiyat, o‘zbekiston, tog‘-kon va geologiya vazirligi, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalar joriy etiladi
Natijada geologik ma’lumotlarni shakllantirish, konlarni modellash va zaxiralarni hisoblash jarayoni 2 karra tezlashadi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, mamlakat iqtisodiyotida tog‘-kon sanoati va geologiya tarmog‘i muhim o‘rin tutadi. 2025-yilda jami sanoat mahsulotining 20 foizi ushbu soha korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ularning budjetga tushumlari 118,5 trillion so‘mni tashkil etdi.
Kelgusi besh yilda oltin zaxirasini qo‘shimcha 879 tonnaga, kumushni 510 tonnaga, misni 676 ming tonnaga oshirish bo‘yicha ishlar boshlangan
“Sun’iy intellekt texnologiyalari geologik ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, qazilma boyliklarni prognozlash, zaxiralarni aniq hisoblash va burg‘ilash ishlari samaradorligini oshirish imkonini beradi. Shu maqsadda geologiya-qidiruv jarayonlarining barcha bosqichlariga sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish rejalashtirilgan”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident buning uchun sohada texnologik transformatsiyani yangi bosqichga olib chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini sun’iy intellekt yordamida boshqarish va tahlil qilish tizimini shakllantirish zarurligini ta’kidladi.
Tog‘-kon sanoati va geologiyada xaritalar, qidiruv natijalari, burg‘ilash ma’lumotlari, laboratoriya tahlillari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kabi juda katta hajmdagi ma’lumotlar shakllanadi. Ularni yagona elektron bazaga jamlash, tezkor qidirish va 3D modellar orqali tahlil qilish yangi konlarni aniqlash imkoniyatini oshiradi.
Buning natijasida tannarxni 10 foizga kamaytirish, yangi konlarni ochish muddatini 2 karra qisqartirish, investorlarga taqdim etiladigan takliflar sonini 4 barobar oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Taqdimotda 2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilish maqsad qilingani ta’kidlandi. Buning uchun, avvalo, investorlar talab qilayotgan sifatli va ishonchli raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish zarur.
Shu munosabat bilan Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish taklif qilindi. Mazkur jarayonda “Texnologik transformatsiya markazi” tashkil etilib, mavjud 36 mingdan ortiq hisobotlar va birlamchi ma’lumotlar raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi. Natijada geologik ma’lumotlarni shakllantirish, konlarni modellash va zaxiralarni hisoblash jarayoni 2 karra tezlashadi.
2026-2030 yillarda geologiya sohasida hamda 6 ta yirik korxona – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Navoiyuran”, “O‘zmetkombinat”, “O‘zbekko‘mir” hamda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati”da sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jami 44 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.