O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy "Muzeylararo 90 kun" loyihasi davom etmoqda. Loyiha doirasida bolalar, yoshlar, o‘quvchilar, talabalar, pedagoglar va tarix ixlosmandlari uchun muzeyning yangilangan ekspozitsiyasi bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etilmoqda.Mazkur tashabbus O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi arafasida mamlakat bo‘ylab boshlandi. Uch oy davomida loyihada 150 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. Loyihaning dastlabki maydonlaridan biri sifatida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tanlandi. Bu yerda mehmonlar davlatchilik, ilm-fan, madaniyat va ma’naviy meros tarixini aks ettiruvchi noyob eksponatlar bilan tanishmoqdalar.1876 yil 12-iyulda Toshkent muzeyi nomi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi bugungi kunda mamlakatning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Muzey fondlarida hozirda 350 mingtadan ortiq noyob eksponat saqlanib, ular O‘zbekiston hududida inson sivilizatsiyasining eng qadimgi davrlardan to bugungi kungacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini yoritib beradi.Qariyb ikki yil davom etgan rekonstruksiya ishlaridan so‘ng muzey zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt yechimlari va ilmiy tadqiqotlar asosida to‘liq yangilandi. Ekspozitsiyada ilk davlatchilik shakllari, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari hamda mustaqil O‘zbekiston tarixi haqidagi yangi ma’lumotlar jamlangan.Muzeyning eng qimmatli eksponatlari qatorida Selung‘ur g‘oridan topilgan ashyolar, Farg‘ona vodiysidan topilgan ikki ilon tasvirlangan noyob tumor, Sopollitepa davriga oid bronza buyumlari, Buyuk Ipak yo‘li davri tangalari kolleksiyasi hamda xalq amaliy san’ati va etnografiyasiga oid nodir namunalar mavjud.
Ekspozitsiyada ilk davlatchilik shakllari, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari hamda mustaqil O‘zbekiston tarixi haqidagi yangi ma’lumotlar jamlangan.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy "Muzeylararo 90 kun" loyihasi davom etmoqda. Loyiha doirasida bolalar, yoshlar, o‘quvchilar, talabalar, pedagoglar va tarix ixlosmandlari uchun muzeyning yangilangan ekspozitsiyasi bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi arafasida mamlakat bo‘ylab boshlandi. Uch oy davomida loyihada 150 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. Loyihaning dastlabki maydonlaridan biri sifatida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tanlandi. Bu yerda mehmonlar davlatchilik, ilm-fan, madaniyat va ma’naviy meros tarixini aks ettiruvchi noyob eksponatlar bilan tanishmoqdalar.
1876 yil 12-iyulda Toshkent muzeyi nomi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi bugungi kunda mamlakatning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Muzey fondlarida hozirda 350 mingtadan ortiq noyob eksponat saqlanib, ular O‘zbekiston hududida inson sivilizatsiyasining eng qadimgi davrlardan to bugungi kungacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini yoritib beradi.
"O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining yangilangan ekspozitsiyasi nafaqat zamonaviy turistik obyekt, balki yosh avlodning ma’naviy va tarixiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan muhim ma’rifat markaziga aylandi", — dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi matbuot kotibi Mehrojiddin Umurzakov.
Qariyb ikki yil davom etgan rekonstruksiya ishlaridan so‘ng muzey zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt yechimlari va ilmiy tadqiqotlar asosida to‘liq yangilandi. Ekspozitsiyada ilk davlatchilik shakllari, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari hamda mustaqil O‘zbekiston tarixi haqidagi yangi ma’lumotlar jamlangan.
Muzeyning eng qimmatli eksponatlari qatorida Selung‘ur g‘oridan topilgan ashyolar, Farg‘ona vodiysidan topilgan ikki ilon tasvirlangan noyob tumor, Sopollitepa davriga oid bronza buyumlari, Buyuk Ipak yo‘li davri tangalari kolleksiyasi hamda xalq amaliy san’ati va etnografiyasiga oid nodir namunalar mavjud.