Mishustin Rossiya O‘zbekiston bilan yangi loyihalardan manfaatdorligini ma’lum qildi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishVizit premyer-ministra RF Mixaila Mishustina v Uzbekistan
Vizit premyer-ministra RF Mixaila Mishustina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2026
Obuna bo‘lish
U Rossiya O‘zbekistonning yetakchi tashqi savdo hamkorlari qatoriga kirishini eslatdi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Toshkentda o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashuvda Rossiyaning O‘zbekiston bilan yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

“O‘zbekiston Rossiyaning strategik sherigi va ittifoqchisi, munosabatlarimiz vaqt sinovidan o‘tgan. Ular do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslanadi. Rossiya bizning savdo-iqtisodiy hamkorligimizni chuqurlashtirishdan chin dildan manfaatdor”, - dedi Mishustin Aripov bilan muzokaralarda.

Mishustin Rossiya O‘zbekistonning yetakchi tashqi savdo hamkorlari qatoriga kirishini va uning milliy iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashini eslatdi.
“Bizda energetika, sanoat, transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, raqamli iqtisodiyotda ko‘plab qo‘shma loyihalarni boshlash uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud”, - deya qo‘shimcha qildi Rossiya bosh vaziri.
Mishustin rossiyalik mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanganini alohida ta’kidlab, ikki mamlakat prezidentlari 4-iyun kuni birgalikda bu stansiya birinchi reaktorining beton quyishini boshlab berganini eslatdi.
“Menimcha, AES qurish milliy iqtisodiyotning jadal o‘sishi sharoitida O‘zbekistonning energetika suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi eng muhim qadamidir”, - deya ta’kidladi Rossiya bosh vaziri.
Vizit premyer-ministra RF Mixaila Mishustina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2026
Aripov: Toshkent va Moskva munosabatlari rivojlanishning yangi bosqichida
Yangiliklar lentasi
0