O‘zbekistonda kitobxonlar 50 ming dollarga ega chiqishi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v Mejdunarodnom kongress-sentre prinyal uchastie v seremonii zapuska Natsionalnogo dvijeniya po chteniyu knig.
Prezident Shavkat Mirziyoyev v Mejdunarodnom kongress-sentre prinyal uchastie v seremonii zapuska Natsionalnogo dvijeniya po chteniyu knig. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Obuna bo‘lish
Mamlakatda“Milliy kitobxonlik harakati” dasturi boshlandi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha umummilliy harakatga start berish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Endi har yili “Milliy kitobxonlik harakati”ning final bosqichi prezident darajasida o‘tkaziladi.
Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. Bosh sovrin sohibi 50 ming dollar bilan taqdirlanadi.
Ta’kidlanishicha, mazkur harakat mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Unda umumta’lim maktablarining 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Prezident ushbu tashabbus maktablar, oilalar va butun jamiyatda kitobxonlik muhitini kuchaytirish, yoshlar qalbida yangi bunyodkorlik ruhini uyg‘otishga xizmat qilishini ta’kidladi.
“Men ushbu dasturni shunchaki kitob o‘qish musobaqasi emas, balki jonajon Vatanimiz kelajagi uchun strategik investitsiya deb bilaman. Agar biz bugun bolalarimizning qo‘liga yaxshi kitob bersak, ertaga ular Yangi O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga albatta qodir bo‘ladilar, – dedi Mirziyoyev.
Marosimda prezident barcha o‘quvchi-yoshlar, ustozlar, ota-onalar va keng jamoatchilikni ushbu umummilliy harakatda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Nasibaxon Ibroximova v kachestve pridanogo otpravila v dom jenixa 800 knig - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2026
Kitobga mehr sabab boshlangan muhabbat qissasi: “800 kitob”li kelin xonadonidan intervyu
Yangiliklar lentasi
0