https://oz.sputniknews.uz/20260616/huquq-58377863.html
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Xalq deputatlari kengashi qarorlari huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘ladi. 16.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-16T17:10+0500
2026-06-16T17:10+0500
2026-06-16T17:10+0500
jamiyat
yer mulki
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55082556_0:60:1135:698_1920x0_80_0_0_6eb974deda7c18246e1399ebdba24157.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayonlari yanada soddalashtiriladi. Ayrim qonun hujjatlariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.Qonun o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini jadallashtirish, amaliyotda yagona va izchil tartibni ta’minlashga qaratilgan.Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, soliq qarzdorligi tushunchasi aniqlashtirilib, qarzdorlik miqdori BHMning 30 baravaridan oshmagan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni e’tirof etish yo‘lga qo‘yiladi.Qonunda belgilangan muddatlar amaldagi 150 kundan 50 kunga qisqartiriladi.1 martalik to‘lovlarning 50 foizi belgilangan muddatda (20 ish kunida) to‘liq to‘langanda, uning qolgan qismiga chegirma beriladi.To‘lash imkoniyati bo‘lmaganda fuqaroga soliq inspeksiyasi bilan shartnoma tuzish orqali mazkur mablag‘ni 1-yildan 3-yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.Ortiqcha egallangan yer uchastkasiga huquqni e’tirof etish mexanizmi yanada takomillashtirildi.Xalq deputatlari kengashlari qarorlari huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘lishi belgilandi.2020 yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar yer uchastkasi uchun oshirilgan stavkada hisoblangan soliqlar jismoniy shaxslarga qo‘llanilmasligi belgilandi.Fuqarolarning vaqti va mablag‘larini tejash maqsadida shikoyatlarni sudga qadar ko‘rib chiqish mexanizmi kiritildi.Yer uchastkasining qurilishi taqiqlangan hududga tushgan qismini chegirib tashlagan holda uning qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish tartibi joriy etiladi.Bino-inshootlar xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etishga tuman (shahar) hokimliklari ham mas’ul etib belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260203/ozboshimchalik-er-bino-huquq-tan-olish-55444010.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55082556_63:0:1071:756_1920x0_80_0_0_53844a7a6769fce0d94bd72d9acd2c5d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yer mulki, o‘zbekiston
jamiyat, yer mulki, o‘zbekiston
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
Xalq deputatlari kengashi qarorlari huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘ladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayonlari yanada soddalashtiriladi. Ayrim qonun hujjatlariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritildi. Qonun o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini jadallashtirish, amaliyotda yagona va izchil tartibni ta’minlashga qaratilgan.
Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, soliq qarzdorligi tushunchasi aniqlashtirilib, qarzdorlik miqdori BHMning 30 baravaridan oshmagan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni e’tirof etish yo‘lga qo‘yiladi.
Qonunda belgilangan muddatlar amaldagi 150 kundan 50 kunga qisqartiriladi.
1 martalik to‘lovlarning 50 foizi belgilangan muddatda (20 ish kunida) to‘liq to‘langanda, uning qolgan qismiga chegirma beriladi.
To‘lash imkoniyati bo‘lmaganda fuqaroga soliq inspeksiyasi bilan shartnoma tuzish orqali mazkur mablag‘ni 1-yildan 3-yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Ortiqcha egallangan yer uchastkasiga huquqni e’tirof etish mexanizmi yanada takomillashtirildi.
Xalq deputatlari kengashlari qarorlari huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘lishi belgilandi.
2020 yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar yer uchastkasi uchun oshirilgan stavkada hisoblangan soliqlar jismoniy shaxslarga qo‘llanilmasligi belgilandi.
Fuqarolarning vaqti va mablag‘larini tejash maqsadida shikoyatlarni sudga qadar ko‘rib chiqish mexanizmi kiritildi.
Yer uchastkasining qurilishi taqiqlangan hududga tushgan qismini chegirib tashlagan holda uning qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish tartibi joriy etiladi.
Bino-inshootlar xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etishga tuman (shahar) hokimliklari ham mas’ul etib belgilandi.