Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi
Obuna bo‘lish
Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallanganlar BHMning 600 baravari (247,2 mln so‘m) miqdorida mukofot puli oladi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘rtasida “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktablar har yili 1-yanvardan 1-fevralga qadar maxsus platformada ro‘yxatdan o‘tadi hamda maktab terma jamoasi tarkibini belgilaydi.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
- tuman bosqichi – har yili 1-aprelgacha tumandagi maktab terma jamoalari o‘rtasida;
- hududiy bosqich– har yili 1-iyulgacha tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan maktab terma jamoalari o‘rtasida;
- respublika bosqichi – har yili 1-oktabrgacha hududiy bosqichda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan maktab terma jamoalari o‘rtasida.
Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan mukofotlanadi:
- tuman (shahar) bosqichida 1-o‘rin – BHMning 200 baravari (84,4 mln so‘m), 2-o‘rin – BHMning 150 baravari (61,8 mln so‘m), 3-o‘rin – BHMning 100 baravari (41,2 mln so‘m) miqdorida;
- hududiy bosqichda 1-o‘rin – BHMning 300 baravari (123,6 mln so‘m), 2-o‘rin – BHMning 250 baravari (103 mln so‘m), 3-o‘rin – BHMning 200 baravari (82,4 mln so‘m) miqdorida;
- respublika bosqichida 1-o‘rin – BHMning 600 baravari (247,2 mln so‘m), 2-o‘rin – BHMning 450 baravari (185,4 ml so‘m), 3-o‘rin – BHMning 300 (123,6 mln) baravari miqdorida.