https://oz.sputniknews.uz/20260614/ijtimoiy-reestr-58320116.html
Reyestrdagi yosh oilalar ijara xarajatlarini qoplash uchun onlayn ariza yuborishi mumkin
Reyestrdagi yosh oilalar ijara xarajatlarini qoplash uchun onlayn ariza yuborishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Kompensatsiya 12 oygacha muddatga ajratiladi hamda har oy ijara to‘lovining 50 foizigacha qismi qoplanadi. 14.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-14T11:08+0500
2026-06-14T11:08+0500
2026-06-14T11:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yoshlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1a/57872293_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_5ca43f19775d7d70e244f7f4f5b6d7a0.jpg
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan yosh oilalar uchun turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushirildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.Amaldagi tartibga ko‘ra, kompensatsiya 12 oygacha muddatga ajratiladi hamda har oy ijara to‘lovining 50 foizigacha qismi qoplanadi.Bunda Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha, boshqa hududlarda esa BHMning 2 baravarigacha mablag‘ to‘lanadi. Kompensatsiya puli har oy ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga o‘tkazib beriladi.Ma’lum qilinishicha, uy egasi va ijaraga oluvchi yosh oila o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lsa, kompensatsiya tayinlash avtomatik ravishda rad etiladi.Shuningdek, bu yordamni oluvchi yosh oilalar 12 oy davomida volontorlik loyihalarida qatnashishi, “Mutolaa” loyihasi doirasida har oy kamida bitta kitob o‘qishi hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi kamida bitta tanlov yoki musobaqada ishtirok etishi lozim.
https://oz.sputniknews.uz/20260602/yoshlar-imtiyoz-kredit-58031089.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1a/57872293_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fd789d11aaa00d1ecd136c851984b378.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yoshlar
jamiyat, o‘zbekiston, yoshlar
Reyestrdagi yosh oilalar ijara xarajatlarini qoplash uchun onlayn ariza yuborishi mumkin
Kompensatsiya 12 oygacha muddatga ajratiladi hamda har oy ijara to‘lovining 50 foizigacha qismi qoplanadi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan yosh oilalar uchun turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushirildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
xabar berdi.
Endi ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar
my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasi orqali ijara xarajatlarini qoplash uchun
onlayn ariza yuborishi mumkin. Xizmat ortiqcha hujjatlar va navbatlarsiz masofadan turib foydalanish imkonini beradi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, kompensatsiya 12 oygacha muddatga ajratiladi hamda har oy ijara to‘lovining 50 foizigacha qismi qoplanadi.
Bunda Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha, boshqa hududlarda esa BHMning 2 baravarigacha mablag‘ to‘lanadi. Kompensatsiya puli har oy ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga o‘tkazib beriladi.
Ma’lum qilinishicha, uy egasi va ijaraga oluvchi yosh oila o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lsa, kompensatsiya tayinlash avtomatik ravishda rad etiladi.
Shuningdek, bu yordamni oluvchi yosh oilalar 12 oy davomida volontorlik loyihalarida qatnashishi, “Mutolaa” loyihasi doirasida har oy kamida bitta kitob o‘qishi hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi kamida bitta tanlov yoki musobaqada ishtirok etishi lozim.