https://oz.sputniknews.uz/20260612/palliativ-xospis-58287546.html
Palliativ va xospis yordamini ko‘rsatishning yagona tizimi joriy etiladi
Palliativ va xospis yordamini ko‘rsatishning yagona tizimi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Statsionar sharoitdagi palliativ yordam davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari hamda xospislar tomonidan ko‘rsatiladi. 12.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-12T09:42+0500
2026-06-12T09:42+0500
2026-06-12T09:42+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sog‘liq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0c/58288227_0:0:1244:700_1920x0_80_0_0_deea791a097363e2fb674e61d2aad252.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. 2026-yil 1-sentabrdan O‘zbekistonda palliativ va xospis yordamini ko‘rsatishning yagona tizimi tibbiy va ijtimoiy xizmatlar integratsiyasi asosida tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam va palliativ xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish takliflari taqdimoti bilan tanishdi.Ma’lum qilinishicha, 2030-yilga qadar aholiga bunday yordam ko‘rsatish qamrovini kamida 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan.Mobil palliativ brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, uy sharoitida tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ta’minlanadi. Statsionar sharoitdagi palliativ yordam davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari hamda xospislar tomonidan ko‘rsatiladi.Aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, barcha hududlarda xospis muassasalari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi. Toshkent shahar hududlararo xospisi palliativ va xospis yordamini metodologik boshqarish, hududlarda mazkur xizmatni tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha mas’ul muassasa etib belgilanadi.Dastlab Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida onkologik kasalligi sababli palliativ va xospis yordamiga muhtoj bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi mobil palliativ brigadalar tashkil etiladi.Samarqand viloyatida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun xospis shaklida palliativ yordam ko‘rsatish markazining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.Palliativ va xospis yordamiga muhtojligi elektron axborot tizimida qayd etilgan bemorlarga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va ko‘riklarsiz nogironlik belgilanadi. Uy sharoitida parvarishga muhtoj bemorlar funksional krovat va maxsus matraslar bilan vaucher tizimi asosida ta’minlanadi.Shuningdek, mahalla darajasida palliativ yordam ko‘rsatish, uy sharoitida qarab turish va parvarish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, bemorlarning oila a’zolari uchun “Oilani qo‘llab-quvvatlash” xizmatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250827/shifokorlar-bemorlar-51494855.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0c/58288227_156:0:1089:700_1920x0_80_0_0_f478807968f5998c04f3ee49e94cfe87.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, sog‘liq
jamiyat, o‘zbekiston, sog‘liq
Palliativ va xospis yordamini ko‘rsatishning yagona tizimi joriy etiladi
Statsionar sharoitdagi palliativ yordam davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari hamda xospislar tomonidan ko‘rsatiladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. 2026 yil 1-sentabrdan O‘zbekistonda palliativ va xospis yordamini ko‘rsatishning yagona tizimi tibbiy va ijtimoiy xizmatlar integratsiyasi asosida tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam va palliativ xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish takliflari taqdimoti bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, 2030-yilga qadar aholiga bunday yordam ko‘rsatish qamrovini kamida 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Shu bois yagona tizim tashkil etiladi. Palliativ yordamga muhtoj shaxslarni aniqlash, yo‘llash, hisobga olish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Mobil palliativ brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, uy sharoitida tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ta’minlanadi. Statsionar sharoitdagi palliativ yordam davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari hamda xospislar tomonidan ko‘rsatiladi.
Aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, barcha hududlarda xospis muassasalari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi. Toshkent shahar hududlararo xospisi palliativ va xospis yordamini metodologik boshqarish, hududlarda mazkur xizmatni tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha mas’ul muassasa etib belgilanadi.
Dastlab Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida onkologik kasalligi sababli palliativ va xospis yordamiga muhtoj bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi mobil palliativ brigadalar tashkil etiladi.
Samarqand viloyatida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun xospis shaklida palliativ yordam ko‘rsatish markazining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Palliativ va xospis yordamiga muhtojligi elektron axborot tizimida qayd etilgan bemorlarga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va ko‘riklarsiz nogironlik belgilanadi. Uy sharoitida parvarishga muhtoj bemorlar funksional krovat va maxsus matraslar bilan vaucher tizimi asosida ta’minlanadi.
Shuningdek, mahalla darajasida palliativ yordam ko‘rsatish, uy sharoitida qarab turish va parvarish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, bemorlarning oila a’zolari uchun “Oilani qo‘llab-quvvatlash” xizmatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.