TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) savdo siyosatini Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov Ostona shahridagi biznes hamjamiyati va hukumat vakillari bilan uchrashuvlarda muhokama qildi.YeIK matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qozog‘istonning “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Timur Jarkenov bilan suhbatda YeOII savdo masalalari, jumladan, markirovkalash, uchinchi davlatlar bilan tuzilgan savdo bitimlarini amalga oshirish, shuningdek, ittifoqning savdo sheriklarining tashqi bozorlarida biznesni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin bilan uchrashuvda YeIK kengashining bo‘lajak majlisi kun tartibiga to‘xtalib o‘tildi. Tomonlar ittifoqning ustuvor savdo hamkorlari bilan hamkorlikning ayrim masalalarini ham muhokama qildi.Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprelida O‘zbekistonning YeOIIga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 7 mlrd dollardan ziyodni tashkil etdi. Bu umumiy hajmning 26,7 foizi.
Tomonlar ittifoqning ustuvor savdo hamkorlari bilan hamkorlikning ayrim masalalarini ham muhokama qildi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) savdo siyosatini Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov Ostona shahridagi biznes hamjamiyati va hukumat vakillari bilan uchrashuvlarda muhokama qildi.
YeIK matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qozog‘istonning “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Timur Jarkenov bilan suhbatda YeOII savdo masalalari, jumladan, markirovkalash, uchinchi davlatlar bilan tuzilgan savdo bitimlarini amalga oshirish, shuningdek, ittifoqning savdo sheriklarining tashqi bozorlarida biznesni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Komissiya an’anaviy ravishda soatlarni dolzarb kun tartibi bo‘yicha sozlab olish va barcha manfaatdor tomonlarning fikrlarini hisobga olish uchun maqsadida Ittifoq mamlakatlari ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlarni o‘tkazadi”, - deya ta’kidladi YeIK vaziri.
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin bilan uchrashuvda YeIK kengashining bo‘lajak majlisi kun tartibiga to‘xtalib o‘tildi. Tomonlar ittifoqning ustuvor savdo hamkorlari bilan hamkorlikning ayrim masalalarini ham muhokama qildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprelida O‘zbekistonning YeOIIga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 7 mlrd dollardan ziyodni tashkil etdi. Bu umumiy hajmning 26,7 foizi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.