Bolalarga avtomobilni boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

© Sputnik / Baxrom XatamovZa rulem avtomobilya
Za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2026
Obuna bo‘lish
Prezident yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga oid takliflarni ma’qulladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bolalarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu masala prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taqdimotda muhokama qilindi.
Taqdimotda ayrim fuqarolar voyaga yetmaganlarga avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarishga ruxsat beriyotgani, buning oqibatida yo‘llarda o‘lim va og‘ir tan jarohatlari bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, og‘ir oqibatli avariyalarning oldini olish hamda bunday holatlarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Muhokamalar davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, yo‘llarda inson hayoti va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Iskusstvennoe ozero bliz goroda Ashxabada. 1967 god. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Paxtachida 8 kishi mingan elektromoped kanalga qulab tushdi — 4 nafari halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0