https://oz.sputniknews.uz/20260612/avtomobil-musodara-58296038.html
Qo‘pol yo‘l qoidabuzarliklari uchun avtomobil musodara qilinishi mumkin
Qo‘pol yo‘l qoidabuzarliklari uchun avtomobil musodara qilinishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan shaxslar uchun yil davomida jarimalarni chegirma bilan to‘lash imkoniyati butunlay bekor qilinadi. 12.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-12T13:02+0500
2026-06-12T13:02+0500
2026-06-12T13:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/18/48099054_0:3:1718:969_1920x0_80_0_0_7173d94eb494d402a1d91511f3cf3538.png
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda qo‘pol yo‘l qoidabuzarliklari uchun transportni vaqtincha olib qo‘yish yoki musodara qilish choralarini joriy etish taklif qilinmoqda. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) boshlig‘i Sherzod Ibrohimov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi va davlat rahbariga taqdim etildi.Bildirilgan takliflar:Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga oid takliflarni ma’qullagani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260612/bolalar-avtomobil-58289012.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/18/48099054_140:0:1579:1079_1920x0_80_0_0_8613cf37229cdbd2c281d65ca1b77a60.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yo‘l harakati qoidalari (yhq), yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
jamiyat, o‘zbekiston, yo‘l harakati qoidalari (yhq), yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
Qo‘pol yo‘l qoidabuzarliklari uchun avtomobil musodara qilinishi mumkin
Yo‘l qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan shaxslar uchun yil davomida jarimalarni chegirma bilan to‘lash imkoniyati butunlay bekor qilinadi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda qo‘pol yo‘l qoidabuzarliklari uchun transportni vaqtincha olib qo‘yish yoki musodara qilish choralarini joriy etish taklif qilinmoqda. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) boshlig‘i Sherzod Ibrohimov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi va davlat rahbariga taqdim etildi.
5 ta qo‘pol yo‘l qoidabuzilishi bo‘yicha avtomobilni vaqtincha olib qo‘yish ma’muriy javobgarlik chorasi joriy etish;
transportni boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoki mahrum qilingan shaxs sodir etgan yo‘l bezoriligi uchun qo‘shimcha ravishda avtomobilni musodara qilish yoki vaqtincha olib qo‘yish jazosini joriy etish;
transportni mast holda boshqarganlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini berish;
qo‘pol qoidabuzarlar uchun jarimani chegirma bilan to‘lashga bir yillik cheklov joriy etish;
transportni boshqarishga bolalarga ruxsat berish, tanaga shikast yetkazish, o‘limga sabab bo‘lganda jinoiy javobgarlikka tortish.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga oid takliflarni ma’qullagani
xabar qilingan edi.