https://oz.sputniknews.uz/20260415/reklama-qonunchilik-buzgan-kompaniyalar-jarima-56909709.html
Ulushli qurilishda reklama qonunchiligini buzgan kompaniyalar jarima qilindi
Ulushli qurilishda reklama qonunchiligini buzgan kompaniyalar jarima qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Raqobat qo‘mitasi elektron ro‘yxatga kiritilmagan turar joy majmualarini reklama qilgan 6 ta qurilish kompaniyasiga moliyaviy jarima qo‘lladi. Ularga qonunbuzilishni to‘xtatish va bunday holatni takrorlamaslik bo‘yicha ko‘rsatma ham berildi.
2026-04-15T10:55+0500
2026-04-15T10:55+0500
2026-04-15T10:55+0500
reklama
qonunchilik
o‘zbekiston
qurilish
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54966529_0:16:1247:717_1920x0_80_0_0_f247f219c6eec9a435cd30aacad84072.jpg
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan qurilish kompaniyalariga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, qonunchilikka ko‘ra, ulush kiritish asosida qurilish uchun mablag‘ jalb etuvchi quruvchilar qurilish obyektini reklama qilishdan avval maxsus elektron ro‘yxatga kiritilgan bo‘lishi shart.Qo‘mita qaror ijrosi yuzasidan olib borgan o‘rganishlarda bir qator qurilish kompaniyalarining turar joy majmualari elektron ro‘yxatga kiritilmagani, shunga qaramay, ular ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilingani aniqlangan.Shu asosda Qo‘mita maxsus komissiyasi “Humo Avenue” MChJ, “Story Dom Siyob” MChJ, “Aziya Makon City” MChJ, “Aziza Credo Max” MChJ, “Shoxsaroy Enter Group” MChJ va “Qorasuv Avenue” MChJni qonunbuzar deb topdi.Ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzarlikni to‘xtatish va bunday holatlarni kelgusida takrorlamaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260209/xonadon-sotuv-qonunbuzilishlar-raqobat-qomita-55559014.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54966529_136:0:1112:732_1920x0_80_0_0_4f899451384dfe90f1d1006457842f35.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqobat qo‘mitasi, reklama qonunchiligi, qurilish kompaniyalari, moliyaviy jarima, elektron ro‘yxat, humo avenue, story dom siyob, aziya makon city, aziza credo max, shoxsaroy enter group, qorasuv avenue
raqobat qo‘mitasi, reklama qonunchiligi, qurilish kompaniyalari, moliyaviy jarima, elektron ro‘yxat, humo avenue, story dom siyob, aziya makon city, aziza credo max, shoxsaroy enter group, qorasuv avenue
Ulushli qurilishda reklama qonunchiligini buzgan kompaniyalar jarima qilindi
Qo‘mita tekshiruvida elektron ro‘yxatga kiritilmagan turar joy majmualari ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilingani aniqlanib, olti quruvchiga jarima qo‘llanildi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan qurilish kompaniyalariga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qonunchilikka ko‘ra, ulush kiritish asosida qurilish uchun mablag‘ jalb etuvchi quruvchilar qurilish obyektini reklama qilishdan avval maxsus elektron ro‘yxatga kiritilgan bo‘lishi shart.
Qo‘mita qaror ijrosi yuzasidan olib borgan o‘rganishlarda bir qator qurilish kompaniyalarining turar joy majmualari elektron ro‘yxatga kiritilmagani, shunga qaramay, ular ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilingani aniqlangan.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, tegishli sertifikat, litsenziya yoki maxsus ruxsatnomasi bo‘lmagan tovar va xizmatlarni reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu asosda Qo‘mita maxsus komissiyasi “Humo Avenue” MChJ, “Story Dom Siyob” MChJ, “Aziya Makon City” MChJ, “Aziza Credo Max” MChJ, “Shoxsaroy Enter Group” MChJ va “Qorasuv Avenue” MChJni qonunbuzar deb topdi.
Ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzarlikni to‘xtatish va bunday holatlarni kelgusida takrorlamaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.