TIV jahon chempionatiga borayotgan o‘zbekistonlik muxlislarga tavsiyalar berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil match natsionalnoy sbornoy Uzbekistana po futbolu na stadione "Bunyodkor".
Shavkat Mirziyoyev posetil match natsionalnoy sbornoy Uzbekistana po futbolu na stadione Bunyodkor. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
Obuna bo‘lish
Fuqarolardan mahalliy qonunchilikka, huquq-tartibot idoralari talablariga va jamoat joylarida umum e’tirof etilgan odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun AQSh va Meksikaga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga qator tavsiyalar berdi.
Muxlislarga safar oldidan mezbon davlatlarning kirish, viza va migratsiya talablarini sinchiklab o‘rganish, barcha zarur hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda ularning amal qilish muddatini tekshirib qo‘yish tavsiya etilgan.
Shuningdek, fuqarolardan pasport va boshqa muhim hujjatlarning asl nusxalari hamda elektron va qog‘oz nusxalarini saqlash, mahalliy qonunchilik va jamoat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘ralgan.
Vazirlik safar marshrutlarini oldindan rejalashtirish, faqat rasmiy transport va axborot xizmatlaridan foydalanish hamda gavjum joylarda ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilgan.
TIV ruxsat etilmagan ommaviy tadbirlarda qatnashmaslikka ham chaqirgan. Favqulodda vaziyatlar, hujjatlar yo‘qolishi yoki boshqa muammolar yuzaga kelgan taqdirda mahalliy tezkor xizmatlar va O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilish mumkinligi eslatilgan.
"Barcha muxlislarimizni milliy terma jamoamizni munosib qo‘llab-quvvatlashga, mezbon mamlakatlar qonun-qoidalariga, jamoat tartibiga, mahalliy an’analar va madaniyatga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiramiz", — dedi TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev.
Tashqi ishlar vazirligi har qanday qonunbuzarlik shaxsiy javobgarlikka olib kelishini eslatib o‘tdi. Ayrim shaxslarning nomaqbul xulq-atvori O‘zbekiston jamoatchiligi va umuman mamlakat haqidagi tasavvurga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

"Jahon chempionati kabi yirik xalqaro sport musobaqalari davrida O‘zbekiston va uning fuqarolariga bo‘lgan e’tibor yanada ortadi. Shu bois har bir vatandoshimiz xorijda nafaqat muxlis, balki O‘zbekistonning munosib vakili sifatida ham namoyon bo‘lishini unutmasligi lozim. Ularning madaniyatli, mas’uliyatli va qonunlarga hurmat ruhidagi xatti-harakati mamlakatimiz haqidagi ijobiy tasavvurlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi", — deya qayd etdi TIV matbuot kotibi.

Vazirlik fuqarolarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari doimiy e’tiborda ekanini bildirib, zarur hollarda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati 11-iyun kuni boshlanadi va 19-iyulgacha davom etadi. O‘yinlar Qo‘shma Shtatlar, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi. O‘zbekiston JCh-2026 ning K guruhidan o‘rin olgan. Raqiblar — Portugaliya, Kolumbiya va Kongo.
O‘zbekiston ilk uchrashuvini 17-iyun kuni Mexikoda Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi, 23-iyun kuni Xyustonda Portugaliya bilan, 27-iyun kuni esa Atlantada Kongo DR bilan maydonga tushadi. Bu O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionati bo‘ladi.
Nastavnik sbornoy Uzbekistana  Fabio Kannavaro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Fabio Kannavaro: g‘alaba uchun bor kuchimizni beramiz, oxirgi soniyagacha kurashamiz
Yangiliklar lentasi
0