O‘zbekistonda renovatsiya to‘g‘risidagi qonun imzolandi

© Sputnik / Baxrom XatamovVid na gorod Tashkent s visoti
Vid na gorod Tashkent s visoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
Obuna bo‘lish
Renovatsiya doirasida 17 mingta eski uylar ijtimoiy infratuzilma va yashil hududlarga ega bo‘lgan zamonaviy uylar qurish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
shaharsozlik renovatsiyasi hududida joylashgan turar va noturar joylarning eskirganligi, yashash va foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib, avariya holatiga kelib qolganligi;

hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy ta’sir qiladigan holatlarning mavjudligi.

Shaharsozlik renovatsiyasi quyidagi turlardan iborat:

mavjud obyektni asosiy konstruksiyasini o‘zgartirmasdan rekonstruksiya qilish;
mavjud obyektni buzish va bo‘shagan yer uchastkasida buzilgan obyekt toifasidagi yangi obyektni qurish;
yashil hududlarni va boshqa hududiy zonalarni tashkil etish.

Shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha taklif quyidagi subyektlar tashabbusiga ko‘ra kiritilishi mumkin:

- davlat tashabbusiga ko‘ra;
- huquq egalarining tashabbusiga ko‘ra;
- uchinchi shaxslarning tashabbusiga ko‘ra.

Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharsozlik renovatsiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,4 million xonadonni o‘z ichiga olgan 42 mingdan ortiq ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, ularning qariyb 74 foizi 1991-yilgacha qurilgan. Renovatsiya doirasida 17 mingta eski 2−3 qavatli uylar (taxminan 255 ming xonadon) o‘rniga muhandislik, ijtimoiy infratuzilma va yashil hududlarga ega bo‘lgan zamonaviy 7−9 qavatli uylar qurish rejalashtirilgan.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po jilishnomu stroitelstvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2026
Eski uy-joy fondi o‘rniga yangilarini qurish jadallashadi — prezident takliflarni ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0