https://oz.sputniknews.uz/20260204/uy-qurish-prezident-takliflar-maqullash-55456415.html
Eski uy-joy fondi o‘rniga yangilarini qurish jadallashadi — prezident takliflarni ma’qulladi
Eski uy-joy fondi o‘rniga yangilarini qurish jadallashadi — prezident takliflarni ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Taqdimotda uy-joy qurilishi sur’atini oshirish, renovatsiya ulushini 60%ga yetkazish va “qurilishga tayyor yer” mexanizmini joriy etish masalalari ko‘rildi.
2026-02-04T09:58+0500
2026-02-04T09:58+0500
2026-02-04T10:08+0500
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
jamiyat
yangi uylar
qurilish
auksion
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/04/55456061_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4ba4aaf8186baac5d86da09e8f19ce2e.jpg
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, har yili qariyb 200 ming yangi oila tuzilayotgani uy-joy va infratuzilmaga talabni oshirmoqda. Aholi jon boshiga turar joy maydoni 18,9 kv.m.ni tashkil etadi. Uni kamida 23 kv.m.ga yetkazish uchun 2040-yilgacha qurilish sur’atini yiliga 280 mingtagacha oshirish zarur.Qurilishga ruxsat olish 9 bosqich va 90–120 kun talab qilayotgani qayd etildi. Xalqaro amaliyotdagi “qurilishga tayyor yer” mexanizmini joriy etib, tayyorgarlik va ruxsatnomalarni auksiondan oldin rasmiylashtirish taklif qilindi. Tayyor bo‘lmagan yerlarni savdoga chiqarish taqiqlanadi.Loyiha hujjatlari sifatini oshirish, profil institutlar faoliyatini kuchaytirish va xorijiy mutaxassislarni jalb etish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, bosh va master rejalar bazasi, “Yer banki”, ko‘p kvartirali uylar geobazasi, eskrou va quruvchilar reytingi kabi modullarni o‘z ichiga olgan “Uy-joy” axborot tizimini ishlab chiqish taklif etildi.Prezident takliflarni ma’qullab, tegishli topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260131/ozbekiston-kochmas-mulk-bozori-salohiyati-55403009.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/04/55456061_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_022d44b26037148179f85e0f41f976a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, toshkent, o‘zbekiston, uy-joy qurilishi, renovatsiya, yangi o‘zbekiston massivlari, yer banki, qurilishga tayyor yer, urbanizatsiya, eskrou
shavkat mirziyoyev, toshkent, o‘zbekiston, uy-joy qurilishi, renovatsiya, yangi o‘zbekiston massivlari, yer banki, qurilishga tayyor yer, urbanizatsiya, eskrou
Eski uy-joy fondi o‘rniga yangilarini qurish jadallashadi — prezident takliflarni ma’qulladi
09:58 04.02.2026 (yangilandi: 10:08 04.02.2026) Yangi uylarga talab ortib borayotgan sharoitda qurilish sur’atini keskin oshirish, renovatsiyani kengaytirish va ruxsat jarayonlarini qisqartirish taklif etildi
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, har yili qariyb 200 ming yangi oila tuzilayotgani uy-joy va infratuzilmaga talabni oshirmoqda. Aholi jon boshiga turar joy maydoni 18,9 kv.m.ni tashkil etadi. Uni kamida 23 kv.m.ga yetkazish uchun 2040-yilgacha qurilish sur’atini yiliga 280 mingtagacha oshirish zarur.
2026–2028 yillarda mos ravishda 140 ming, 150 ming va 160 ming xonadonli uylar qurish rejalashtirilgan. Eski uy-joy fondini yangilash va renovatsiya ulushini 15 foizdan 2040-yilgacha 60 foizga yetkazish, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini 120 tagacha kengaytirish vazifasi qo‘yildi.
Qurilishga ruxsat olish 9 bosqich va 90–120 kun talab qilayotgani qayd etildi. Xalqaro amaliyotdagi “qurilishga tayyor yer” mexanizmini joriy etib, tayyorgarlik va ruxsatnomalarni auksiondan oldin rasmiylashtirish taklif qilindi. Tayyor bo‘lmagan yerlarni savdoga chiqarish taqiqlanadi.
Loyiha hujjatlari sifatini oshirish, profil institutlar faoliyatini kuchaytirish va xorijiy mutaxassislarni jalb etish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, bosh va master rejalar bazasi, “Yer banki”, ko‘p kvartirali uylar geobazasi, eskrou va quruvchilar reytingi kabi modullarni o‘z ichiga olgan “Uy-joy” axborot tizimini ishlab chiqish taklif etildi.
Prezident takliflarni ma’qullab, tegishli topshiriqlar berdi.