O‘zbekiston va Kaliningrad viloyati sanoat kooperatsiyasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

© press-slujba MID Respubliki UzbekistanVstrecha zamglavi MID RUz Olimjona Abdullayeva i pervogo zamestitelya gubernatora Kaliningradskoy oblasti Valeriya Sherina.
Vstrecha zamglavi MID RUz Olimjona Abdullayeva i pervogo zamestitelya gubernatora Kaliningradskoy oblasti Valeriya Sherina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama qilindi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning Kaliningrad viloyati sanoat kooperatsiyasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Kaliningrad viloyati gubernatorining birinchi o‘rinbosari Valeriy Sherin bilan uchrashuvda bunday imkoniyatni muhokama qildi.

“Tomonlar hududlararo hamkorlikning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, sanoat kooperatsiyasi, logistika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va boshqa istiqbolli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi”, - deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Shuningdek, ular O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishni muhokama qilishdi.
Qolaversa, hududlararo hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zaro tashriflar va biznes-missiyalarni muntazam tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Gubernator Irkutskoy oblasti Igor Kobzev i Genkonsul Uzbekistana v Novosibirske Aslam Akbarov obsudili razvitie dvustoronnego sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
O‘zbekistonda irkutsklik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining ko‘rgazma zali ochilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0