https://oz.sputniknews.uz/20260610/ozbekiston-irkutsklik-58250303.html
O‘zbekistonda irkutsklik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining ko‘rgazma zali ochilishi mumkin
O‘zbekistonda irkutsklik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining ko‘rgazma zali ochilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Irkutskda Andijon viloyatidan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari uchun ulgurji-chakana baza tashkil etilishi mumkin. 10.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-10T18:02+0500
2026-06-10T18:02+0500
2026-06-10T18:02+0500
iqtisod
o‘zbekiston
irkutsk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0a/58249988_0:100:1920:1180_1920x0_80_0_0_85257e8b3e502fabcae7d1d0a285cf11.jpg
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Irkutsk viloyati ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ko‘rgazma zali paydo bo‘lishi mumkin. Bunday taklifni O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev bilan uchrashuvda bildirdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, yovvoyi o‘simliklar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, yonilg‘i pelletlari va boshqa takliflar alohida qiziqish uyg‘otadi. Irkutsk viloyati hukumati ushbu imkoniyatni ko‘rib chiqishga va’da berdi.Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va investitsiya sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari Irkutskda Andijon viloyatidan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari uchun ulgurji-chakana baza tashkil etish, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha qo‘shma loyiha hamda Irkutskdan yog‘och materiallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni tashkil etishni muhokama qilishdi.2025 yil yakunlariga ko‘ra Irkutsk viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 44 foizga o‘sdi, respublika esa mintaqaning eksport yo‘nalishlari orasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Hozirda 12 mln dollarlik uchta investitsiya bitimi amalga oshirilmoqda, umumiy qiymati 112 mln dollar bo‘lgan yana 11 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260423/uzbekistan-investorlar-irkutsk-chorva-erlar-ajratish-57106159.html
o‘zbekiston
irkutsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0a/58249988_107:0:1814:1280_1920x0_80_0_0_d112f078cb89887a653295f3cc94f0ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, irkutsk
iqtisod, o‘zbekiston, irkutsk
O‘zbekistonda irkutsklik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining ko‘rgazma zali ochilishi mumkin
Irkutskda Andijon viloyatidan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari uchun ulgurji-chakana baza tashkil etilishi mumkin.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Irkutsk viloyati ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ko‘rgazma zali paydo bo‘lishi mumkin. Bunday taklifni O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev bilan uchrashuvda
bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yovvoyi o‘simliklar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, yonilg‘i pelletlari va boshqa takliflar alohida qiziqish uyg‘otadi. Irkutsk viloyati hukumati ushbu imkoniyatni ko‘rib chiqishga va’da berdi.
Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va investitsiya sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
“Irkutsk viloyatining O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlari tizimli sheriklik darajasiga yetdi. Biz buni tovar aylanmasining o‘sishi va aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ko‘ramiz. Bizning vazifamiz nafaqat hajmlarni oshirish, balki hamkorlikni chuqurlashtirish: qo‘shma ishlab chiqarishlarni yaratish, texnologiyalar almashinuvi, gumanitar aloqalarni rivojlantirish. Ishonchim komilki, bugungi uchrashuv hamkorligimizga qo‘shimcha turtki beradi”, - dedi viloyat rahbari Igor Kobzev.
Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari Irkutskda Andijon viloyatidan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari uchun ulgurji-chakana baza tashkil etish, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha qo‘shma loyiha hamda Irkutskdan yog‘och materiallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni tashkil etishni muhokama qilishdi.
2025 yil yakunlariga ko‘ra Irkutsk viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 44 foizga o‘sdi, respublika esa mintaqaning eksport yo‘nalishlari orasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Hozirda 12 mln dollarlik uchta investitsiya bitimi amalga oshirilmoqda, umumiy qiymati 112 mln dollar bo‘lgan yana 11 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.