https://oz.sputniknews.uz/20260611/bosh-rejalar-58261816.html
Bosh rejalar bilan ishlashning yangi tizimi paydo bo‘ladi
Bosh rejalar bilan ishlashning yangi tizimi paydo bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi bosqichda bosh rejalar bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq jamlanadi va aktuallashtiriladi. 11.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-11T09:20+0500
2026-06-11T09:20+0500
2026-06-11T09:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
qurilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0b/58263616_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_01cd4e7215b17c6c9544841e0bc92144.jpg
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.Ma’lum qilinishicha, alohida hududlarni rivojlantirish bo‘yicha 2024-2025 yillarda 275 ta master-reja ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ularning yagona hisobi yuritilmagan, bosh rejalar bilan o‘zaro bog‘lanmagan. Bu esa hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilma, transport, muhandislik tarmoqlari va ijtimoiy obyektlarni uyg‘un rejalashtirishda qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.Shu munosabat bilan bosh reja va master-rejalar bilan ishlashning yangi tizimi taklif etildi.Unga ko‘ra;Bu jarayonda shaharsozlik hujjatlarining yagona elektron reyestri yuritiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lmasligi belgilanadi. Urbanizatsiya markaziga shaharsozlik geoaxborot tizimini yuritish, kompleks qurilish jarayonlarida topogeodeziya ishlarini muvofiqlashtirish va hududiy arxitektura-rejalashtirish kengashlarining faoliyatini uslubiy ta’minlash kabi qo‘shimcha vazifalar yuklanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260414/qurilish-raqamlashtirish-suniy-intellekt-56903326.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0b/58263616_241:0:2972:2048_1920x0_80_0_0_10effce42c4d3a891d07a92981f99d4c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qurilish
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qurilish
Bosh rejalar bilan ishlashning yangi tizimi paydo bo‘ladi
Birinchi bosqichda bosh rejalar bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq jamlanadi va aktuallashtiriladi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan
tanishdi. Ma’lum qilinishicha, alohida hududlarni rivojlantirish bo‘yicha 2024-2025 yillarda 275 ta master-reja ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ularning yagona hisobi yuritilmagan, bosh rejalar bilan o‘zaro bog‘lanmagan. Bu esa hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilma, transport, muhandislik tarmoqlari va ijtimoiy obyektlarni uyg‘un rejalashtirishda qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Shu munosabat bilan bosh reja va master-rejalar bilan ishlashning yangi tizimi taklif etildi.
birinchi bosqichda bosh rejalar bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq jamlanadi va aktuallashtiriladi;
ikkinchi bosqichda raqamlashtirish ishlari amalga oshiriladi;
uchinchi bosqichda monitoring tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
to‘rtinchi bosqichda esa kompleks axborot-tahlil tizimi shakllantiriladi.
Bu jarayonda shaharsozlik hujjatlarining yagona elektron reyestri yuritiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lmasligi belgilanadi. Urbanizatsiya markaziga shaharsozlik geoaxborot tizimini yuritish, kompleks qurilish jarayonlarida topogeodeziya ishlarini muvofiqlashtirish va hududiy arxitektura-rejalashtirish kengashlarining faoliyatini uslubiy ta’minlash kabi qo‘shimcha vazifalar yuklanadi.