https://oz.sputniknews.uz/20260414/qurilish-raqamlashtirish-suniy-intellekt-56903326.html
Qurilishda korrupsiyaga chek qo‘yish uchun raqamlashtirish va sun’iy intellekt joriy etiladi
Qurilishda korrupsiyaga chek qo‘yish uchun raqamlashtirish va sun’iy intellekt joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qurilish va urbanizatsiya bo‘yicha yig‘ilishda yer xususiylashtirish, bosh rejalar va qurilishga ruxsat berishdagi muammolarni tanqid qildi. 1-iyuldan ayrim jarayonlarni birlashtirish va onlayn ko‘rib chiqish topshirildi.
2026-04-14T18:35+0500
2026-04-14T18:35+0500
2026-04-14T18:35+0500
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
qurilish
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0e/56903085_0:239:2560:1679_1920x0_80_0_0_5503cbf81b4a31970b505b3fd7f3aa0b.jpg
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida qurilish va urbanizatsiya sohasidagi muammolar hamda yangi chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda. Yig‘ilishda, xususan, yerni xususiylashtirish, bosh rejalarni amalga oshirish, qurilishdagi burokratiya va nazorat, shuningdek mahalliy quruvchilarning xalqaro loyihalardagi ishtiroki masalalari ko‘tarildi.Ta’kidlanishicha, 2025-yilda bosh rejasi yo‘q degan vaj bilan yerni xususiylashtirish bo‘yicha 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgan. Shu bilan birga, so‘nggi to‘rt yilda auksionda sotilgan 11,5 ming gektar yerning 3 ming gektarida hali qurilish boshlanmagani, 582 gektar yer uchastkasi va 122 ta davlat obyekti esa bir yildan beri sotilmay turgani qayd etildi. Endi hokimlar bu masalalarda Davlat aktivlari agentligi bilan teng javob beradi, bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan obyektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash amaliyoti bekor qilinadi.Yig‘ilishda bosh rejalar tasdiqlangan bo‘lsa-da, ularda suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr tarmoqlari va yo‘llar qachon, qay tartibda va qaysi manba hisobidan qurilishi aniq ko‘rsatilmagani tanqid qilindi.Shu sababli har bir bosh reja bo‘yicha yilma-yil kompleks dastur ishlab chiqish, viloyat hokimlariga esa ikki oyda bunday dasturlarni tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Bu dasturlarda qaysi ishlar respublika va mahalliy budjet, qaysilari xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilishi aniq belgilanishi kerak.1 iyuldan boshlab respublika bo‘ylab loyihalashga ruxsat va arxitektura rejalashtirish topshiriqlarini bir bosqichda ko‘rib chiqish, shuningdek elektr, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish uchun bitta ariza va bitta to‘lov orqali texnik shart olish tartibini joriy qilish topshirildi. Toshkent shahrida bu tajriba hujjatlarni kelishish muddatini 3–4 karra qisqartirgani qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260414/mirziyoev-bosh-reja-qurilish-vazifalar-56901988.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0e/56903085_214:0:2489:1706_1920x0_80_0_0_cdc68da0990b9870c73baaf9fff4aa01.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, qurilish, yer xususiylashtirish, bosh reja, texnik shart, qurilishga ruxsat, arxitektura rejalashtirish topshirig‘i, onlayn ariza, hokimlar, kommunikatsiya tarmoqlari
shavkat mirziyoyev, qurilish, yer xususiylashtirish, bosh reja, texnik shart, qurilishga ruxsat, arxitektura rejalashtirish topshirig‘i, onlayn ariza, hokimlar, kommunikatsiya tarmoqlari
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida qurilish va urbanizatsiya sohasidagi muammolar hamda yangi chora-tadbirlar
muhokama qilinmoqda.
Yig‘ilishda, xususan, yerni xususiylashtirish, bosh rejalarni amalga oshirish, qurilishdagi burokratiya va nazorat, shuningdek mahalliy quruvchilarning xalqaro loyihalardagi ishtiroki masalalari ko‘tarildi.
Ta’kidlanishicha, 2025-yilda bosh rejasi yo‘q degan vaj bilan yerni xususiylashtirish bo‘yicha 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgan.
Buning oqibatida 4 ming gektar yerni aktivga aylantirish va xususiylashtirish hisobidan budjetga 550 milliard so‘m qo‘shimcha tushum olish imkoniyati boy berilgan. Shu bois uch oy ichida arizalarga inson omilisiz, 5–10 daqiqada onlayn javob beradigan tizimga o‘tish topshirildi.
Shu bilan birga, so‘nggi to‘rt yilda auksionda sotilgan 11,5 ming gektar yerning 3 ming gektarida hali qurilish boshlanmagani, 582 gektar yer uchastkasi va 122 ta davlat obyekti esa bir yildan beri sotilmay turgani qayd etildi.
Endi hokimlar bu masalalarda Davlat aktivlari agentligi bilan teng javob beradi, bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan obyektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash amaliyoti bekor qilinadi.
Yig‘ilishda bosh rejalar tasdiqlangan bo‘lsa-da, ularda suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr tarmoqlari va yo‘llar qachon, qay tartibda va qaysi manba hisobidan qurilishi aniq ko‘rsatilmagani tanqid qilindi.
Shu sababli har bir bosh reja bo‘yicha yilma-yil kompleks dastur ishlab chiqish, viloyat hokimlariga esa ikki oyda bunday dasturlarni tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Bu dasturlarda qaysi ishlar respublika va mahalliy budjet, qaysilari xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilishi aniq belgilanishi kerak.
Prezident qurilish bilan bog‘liq xizmatlarda ortiqcha burokratiya va korrupsiya xavfi yuqoriligini ham ko‘rsatdi. O‘tgan yili qurilishga oid 2,6 milliondan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan. Davlat rahbari bu holatga barham berishning eng to‘g‘ri yo‘li raqamlashtirish va sun’iy intellekt ekanini ta’kidladi.
1 iyuldan boshlab respublika bo‘ylab loyihalashga ruxsat va arxitektura rejalashtirish topshiriqlarini bir bosqichda ko‘rib chiqish, shuningdek elektr, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish uchun bitta ariza va bitta to‘lov orqali texnik shart olish tartibini joriy qilish topshirildi. Toshkent shahrida bu tajriba hujjatlarni kelishish muddatini 3–4 karra qisqartirgani qayd etildi.