https://oz.sputniknews.uz/20260610/toshkent-andijon-58246578.html
Toshkent-Andijon avtomobil yo‘lining bir qismida tezlik pasaytiriladi
Toshkent-Andijon avtomobil yo‘lining bir qismida tezlik pasaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yo‘lining 103–131-kilometrlari oralig‘ida harakat tezligi... 10.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-10T13:15+0500
2026-06-10T13:15+0500
2026-06-10T13:15+0500
jamiyat
toshkent viloyati
andijon viloyati
yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37171965_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_9fdbfa3abad84d289fc7d46e7b660f88.jpg
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi xalqaro ahamiyatga ega A-373 Toshkent—Ohangaron—Angren—Qo‘qon—Shahrixon—Andijon avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.Hujjat bilan Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi mazkur avtomobil yo‘lining 103–131-kilometrlari oralig‘ida yengil avtomobillar uchun maksimal tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatga tushiriladi. Yuk avtomobillari uchun esa tezlik cheklovi 50 km/soat etib belgilanadi.Ta’kidlanishicha, bu chora yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va harakat xavfsizligini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.Ushbu cheklov Ohangaron hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 3 ta aholi yashash joyidan tashqari to‘rtta qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Bu hududda “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgilari hamda qo‘shimcha axborot belgilarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260506/jarima-ball-57347809.html
andijon viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37171965_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_ad89a41f772a392c0f92bccee435be54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent viloyati, andijon viloyati, yo‘l
jamiyat, toshkent viloyati, andijon viloyati, yo‘l
Toshkent-Andijon avtomobil yo‘lining bir qismida tezlik pasaytiriladi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yo‘lining 103–131-kilometrlari oralig‘ida harakat tezligi pasaytiriladi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi xalqaro ahamiyatga ega A-373 Toshkent—Ohangaron—Angren—Qo‘qon—Shahrixon—Andijon avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligini kamaytirish to‘g‘risida qaror
qabul qildi.
Hujjat bilan Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi mazkur avtomobil yo‘lining 103–131-kilometrlari oralig‘ida yengil avtomobillar uchun maksimal tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatga tushiriladi. Yuk avtomobillari uchun esa tezlik cheklovi 50 km/soat etib belgilanadi.
Ta’kidlanishicha, bu chora yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va harakat xavfsizligini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.
Ushbu cheklov Ohangaron hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 3 ta aholi yashash joyidan tashqari to‘rtta qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Bu hududda “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgilari hamda qo‘shimcha axborot belgilarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.