Tezlikni oshirganlik uchun qancha jarima ballari yoziladi?

© SputnikSotrudnik DPS
Sotrudnik DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2026
Obuna bo‘lish
Tezlik meyordan 20 km soatgacha oshirilsa 0,5 ball, 20–40 km soatgacha 1 ball, 40–60 km soatgacha 1,5 ball, 60 km soatdan oshsa 2 ball hisoblanadi.
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima bilan birga jarima ballari ham hisoblanadi. Tezlikni oshirish bo‘yicha ballar miqdori quyidagicha belgilangan:
Tezlikni oshirganlik uchun jarima ballari:
— belgilangan tezlikni 20 km soatgacha oshirish — 0,5 ball;
— 20 kmdan ortiq, lekin 40 kmdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirish — 1 ball;
— 40 kmdan ortiq, lekin 60 kmdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirish — 1,5 ball;
— 60 kmdan ortiq oshirish — 2 ball.

Jarima ballari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan tartib asosida hisoblanadi. Qaror 2025-yil 1-iyundan kuchga kirgan.

Jarima ball qanday ishlaydi?
— ballar birinchi qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi;
— hisoblash muddati — 12 oy;
— shu muddatda ballar 12 ballga yetmasa, keyingi davrga o‘tmaydi;
— keyingi davrda hisoblash yangidan boshlanadi.
8 ball to‘plansa nima bo‘ladi?
Haydovchining qoidabuzarliklari 8 jarima balliga yetganda, unga SMS orqali ogohlantirish yuboriladi.
12 balldan oshsa nima bo‘ladi?
Bir yil davomida jarima ballari 12 balldan oshsa, ma’lumotlar ma’muriy jazo qo‘llash uchun sudga avtomatik tarzda yuboriladi. Bu haqda haydovchiga SMS orqali xabar beriladi.
Jarima ball jarimani bekor qiladimi?
Yo‘q. Jarima ballari asosiy jazoni bekor qilmaydi. Ya’ni haydovchi qoidabuzarlik uchun belgilangan jarimani to‘laydi, shu bilan birga unga jarima ball ham hisoblanadi.
Qaysi qoidabuzarliklarga yana ball beriladi?
— svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tish — 1 ball;
— quvib o‘tish qoidasini buzish — 1 ball;
— to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasini buzish — 0,2 ball;
— yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan ketib qolish — 2 ball.
Ballarni kamaytirish mumkinmi?
Agar haydovchi oxirgi qoidabuzarlikdan keyin 6 oy davomida yo‘l harakati sohasida boshqa qoidabuzarlik sodir etmasa, uning umumiy ballaridan 2 ball chegiriladi. Agar umumiy ball 2 balldan kam bo‘lsa, barcha ballar chiqarib tashlanadi.
Jarima ballni qayerdan ko‘rish mumkin?
Jarima ballari avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi. Haydovchi esa ma’lumotni my.gov.uz portali orqali tekshirishi mumkin.
Noviy radar dlya izmereniya skorosti avtomobiley Kordon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2026
Birinchi apreldan kameralar ham jarima ballari hisoblashni boshlaydi
Yangiliklar lentasi
0