Sherzod Asadov Rossiya prezidenti administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi

© Telegram-kanal Sherzoda AsadovaSherzod Asadov provel vstrechi s predstavitelyami Administratsii prezidenta Rossii.
Sherzod Asadov provel vstrechi s predstavitelyami Administratsii prezidenta Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvlarda asosiy e’tibor muntazam professional muloqotni rivojlantirish va matbuot xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratildi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov uch kunlik tashrif bilan Moskvada bo‘ldi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
© Telegram-kanal Sherzoda Asadova
Sherzod Asadov provel vstrechi s predstavitelyami Administratsii prezidenta Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Telegram-kanal Sherzoda Asadova
Sherzod Asadov provel vstrechi s predstavitelyami Administratsii prezidenta Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Telegram-kanal Sherzoda Asadova
Sherzod Asadov provel vstrechi s predstavitelyami Administratsii prezidenta Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Telegram-kanal Sherzoda Asadova
Sherzod Asadov provel vstrechi s predstavitelyami Administratsii prezidenta Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“Asosiy e’tibor muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi”, - deya yozdi Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Ma’lum qilinishicha, boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – "Senej" boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi.
Asadov o‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqlaganini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po meram sozdaniya sepochki dobavlennoy stoimosti v selskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Prezidentimizga berilgan mukofot mintaqadagi ishonch va hamkorlikni e’tirof etadi - Asadov
Yangiliklar lentasi
0