Prezidentimizga berilgan mukofot mintaqadagi ishonch va hamkorlikni e’tirof etadi - Asadov

© Foto : Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po meram sozdaniya sepochki dobavlennoy stoimosti v selskom xozaystve
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po meram sozdaniya sepochki dobavlennoy stoimosti v selskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Obuna bo‘lish
Mintaqa rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli davlat chegaralari va suv resurslari bo‘yicha tarixiy kelishuvlarga erishildi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu nufuzli mukofotni topshirgani uchun O‘zbekiston Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti Tashkiliy qo‘mitasidan minnatdor? dedi prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov TASS axborot agentligiga bergan ma’lumotida.

"Biz uni davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyoda ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasining e’tirofi sifatida qabul qilamiz. Mintaqa yetakchilarining siyosiy irodasi tufayli davlatlararo chegaralar va suv resurslari masalalari bo‘yicha tarixiy kelishuvlarga erishildi, barqarorlik va taraqqiyot yo‘lida muloqot va hamkorlik muhiti yaratildi", - dedi Asadov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mukofotning berilishi Markaziy Osiyo davlatlarining ishonch, barqarorlik va tinch-totuv yashash makonini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarining e’tirofi hisoblanadi.
"Ushbu yuksak baho O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan tinchlik, barqarorlik va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan siyosatning ahamiyatini ko‘rsatadi", — deya ta’kidladi Asadov.
Prezident Shavkat Mirziyoyev torjestvenno vruchil nagradi gruppe predprinimateley, udostoyennix pochetnix zvaniy, ordenov i medaley
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
Mirziyoyev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotiga sazovor bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0