O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi
09:36 09.06.2026 (yangilandi: 09:39 09.06.2026)

© Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda penaltidan ikkinchi golni o‘tkazib yuborib, dunyoning kuchli jamoasiga kichik hisobda yutqazdi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu
© Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
Nyu-York shahrida joylashgan “Icahn” stadionida o‘tgan bahsda “oq bo‘rilar” 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
32-daqiqada hakam "uchar gollandlar" foydasiga penalti belgiladi va ular imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni ochishdi.
Ikkinchi bo‘limda milliy terma jamoa nisbatan faolroq harakat qildi.

Futbolisti sbornoy Uzbekistana v tovarisheskom matche protiv sbornoy Niderlandov
© Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
87-daqiqada Niderlandiya futbolchisi maydondan chetlatildi. 90+2-daqiqada Niderlandiya himoyasidagi noaniq harakatlardan unumli foydalangan Igor Sergeyev raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisob tenglashdi.
O‘yinga qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqalarda Niderlandiya yana bir penalti ishlab oldi va to‘pni aniq darvozaga yo‘lladi.

Futbolisti sbornoy Uzbekistana v tovarisheskom matche protiv sbornoy Niderlandov
© Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
Shu tariqa, uchrashuv 2:1 hisobida Niderlandiya foydasiga yakunlandi.
Bosh murabbiy Fabio Kannavaro uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rsata oldi. Hisob 1:0 bo‘lganidan keyin ham maydondagi tartib va "liniya"ni yo‘qotilmadi. Futbolchilar oxirigacha kurashdi.

Fabio Kannavaro
© Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
“Bunday darajadagi milliy jamoalarga qarshi o‘ynash oson emas. Biroq jamoam o‘yinida ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim. Bizga aynan shunday o‘yinlar kerak. Chunki bunday raqiblarga qarshi maydonga tushganingizda doimo nimanidir o‘rganasiz va tajriba orttirasiz. Umuman olganda, uchrashuvdan mamnunman”, - dedi u.
Qayd etish lozimki, FIFAning amaldagi reytingida Niderlandiya terma jamoasi 8-o‘rinni egallab turibdi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa 50-pog‘onadan joy olgan.
O‘zbekiston bundan avvalgi o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga 2:0 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Endi “oq bo‘rilar” JChdagi yurishi boshlaydi. Milliy jamoaning dastlabki uchrashuvi 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:00 da Kolumbiyaga qarshi bo‘ladi.
