TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) ichki suv transporti mutaxassislariga qo‘yiladigan talablar aniqlashtirildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.YeIK hay’ati yig‘ilishida ichki suv transporti sohasidagi eng talab yuqori kasb va lavozimlarga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi tavsiyanoma qabul qilindiHujjatda xodimlarning kasbiy bilimlari va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan umumiy va maxsus talablarga yondashuvlar turli xil malaka darajalari va bajarilgan har xil turdagi ishlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan.Ta’kidlanishicha, tavsiyalarni amalga oshirish ittifoq hududida suv transporti xizmatlarining umumiy bozorini shakllantirishga yordam beradi.
Maqsad - Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida suv transporti xizmatlarining umumiy bozorini shakllantirish.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) ichki suv transporti mutaxassislariga qo‘yiladigan talablar aniqlashtirildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
YeIK hay’ati yig‘ilishida ichki suv transporti sohasidagi eng talab yuqori kasb va lavozimlarga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi tavsiyanoma qabul qilindi
Hujjatda xodimlarning kasbiy bilimlari va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan umumiy va maxsus talablarga yondashuvlar turli xil malaka darajalari va bajarilgan har xil turdagi ishlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan.
“YeOIIga a’zo davlatlar milliy siyosatni shakllantirishda ko‘rsatilgan tavsiyalarni hisobga olish imkoniyatiga ega. Bunday tavsiyalarni amalga oshirish masalalari har bir tomonning vakolatiga kiradi va ichki qonunchilik, ustuvorliklar va milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi”, — dedi YeEK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev.
Ta’kidlanishicha, tavsiyalarni amalga oshirish ittifoq hududida suv transporti xizmatlarining umumiy bozorini shakllantirishga yordam beradi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.