Dmitriy Kiselov “TEFI-2026” mukofoti sovrindori bo‘ldi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishFinalisti i gosti premii "TEFI"
Finalisti i gosti premii TEFI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
Obuna bo‘lish
Kiselov uchun boshlovchi sifatida “TEFI-2025” mukofoti ikkinchisi bo‘ldi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi bosh direktori, “Rossiya 1” telekanalining “Vesti nedeli” (Hafta xabarlari) dasturi boshlovchisi Dmitriy Kiselov “TEFI-2026” mukofotining “Axborot-tahliliy yakuniy dasturi boshlovchisi” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
O‘z nutqida Kiselov televidenie internetga yutqazmayotgani ta’kidladi, zero “barcha muhabbat aslida televidenie tomonda”.
“Men internetga qarshi televidenie himoyasiga bir-ikki og‘iz so‘z aytishni istardim. Men bu dasturga kelganimda, hozir 14-mavsum yakunlanyapti, bu yil 15-si bo‘ladi, buning bari o‘tib borayotgan narsa ekani, internet hamma ustidan g‘alaba qozonishini aytishgandi. Bugun ravshan bo‘ldiki, internet televideniyening oziq-ovqat zanjiriga kirdi. Biz internet bilan oziqlanamiz. Undan ortig‘i emas. Hamma his-tuyg‘ular, butun teranlik, barcha ishonch, barcha muhabbat esa aslida televidenie tomonda”, - dedi “Rossiya segodnya” bosh direktori.
Qolarersa, “Vesti nedeli” dasturi “Axborot-tahliliy yakuniy dastur” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Kiselov uchun boshlovchi sifatida “TEFI-2025” mukofoti ikkinchisi bo‘ldi. O‘tgan yili ham u xuddi shu nominatsiyada g‘olib bo‘lgandi. Ilgari Kiselovning o‘z ishining ustaligi qator mukofotlar bilan taqdirlangandi. U bir vaqtning o‘zida Rossiya va Ukrainaning eng oliy jurnalistik va televizion mukofotlariga ega. 2004-yilda Ukraina oliy televizion mukofoti “Teletriumf” hamda “Rossiya oltin qalami” va “Ukraina oltin qalami” oliy jurnalistika mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Milliy televizion mukofoti TEFI (“tyelevizion efiri” qisqartmasi) – Rossiya televideniyesining eng muhim dasturlari va vakillariga har yili topshiriladigan Rossiya professional mukofoti.
Mukofotni 1994-yil 21-dekabrda Rossiya televidenie rivojlantirish jamg‘armasi (2001 yildan – Rossiya televidenie akademiyasi) ta’sis etgan.
Yangiliklar lentasi
0